15.6. Agressiyaning frustasion nazariyasi
Djon Dollard tomonidan taklif etilgan bu nazariya yuqorida keltirilgan yondoshuvlarga
qarama-qarshi qo‘yiladi. Unda agressivlik evolyusion emas, balki situativ jarayon sifatida qaraladi.
Bu nazariyaning asoschisi D.Dollard va uning hamkasblari - “frustrasiya doimo agressiyaga olib
keladi” degan fikmi ilgari suradilar (Jon Dollard, 1939). Masalan, faraz qiling, talaba bugun darsga
kech qolmaslik uchun nonushta qilmasdan keldi. Uch para dars tugagunicha uning qorni och qolib
ketdi. Talaba darsdan so‘ng mazza qilib ovqatlanishni mo‘ljallagan edi. Mana qo‘ng‘iroq ham
chalindi. Lekin guruh murabbiysi kirib guruh yarim soatga qolshi lozimligini, shoshilinch
muhokama qilinishi lozim bo'lgan masala borligini aytdi. Talaba sabr bilan guruh yig‘ilishining
tugashini kutdi, ovqatlanish uchun oshxonaga borganida, oshpazlar talabaga bugun xo'randa ko‘p
bo'lganligini, shuning uchun tayyorlangan ovqatlar tugaganligini aytishdi... Ovqatlanish ehtiyojini
qondira olmasdan o‘rtog‘iga bergan va’dasini bajarish uchun, o'rtog'i bilan kutubxonaga qaytgan
talabaning ahvolini tasawur qilish qiyin emas.
Aytingchi, talabaning o‘rtog‘i undan ehtiyot bo'lgani yaxshimikan? Uning o'rtog'iga biror
yomon gap aytishga boigan ehtimol ortadimi?
Frustrasiya - bu maqsadga erishishga xalaqit qiluvchi barcha to‘siqlardir (shu jumladan,
ovqati tugagan oshxona ham). Agar shaxsning maqsadi kuchli motivasiyalangan bo'lsa va u
maqsadining amalga oshishidan qoniqish olishni kutayotgan bo‘lsayu, uning bu istagi to‘siqqa
uchrasa, bunday holatda frustrasiya yanada kuchayishi mumkin.
Frustrasiya agressiyaning paydo bo‘lishi uchun motivasiya hosil qiladi. D.Dollard va
M.Milleming ftkriga ko'ra, frustrasiyani keltirib chiqaruvchi sababga nisbatan agressiyani namoyon
qilish jamiyat yoki jamoatchilik tomonidan jazolanishi yoki kamida muhokama qilinishi mumkin.
Bunday jazodan qo‘rqish esa agressiyani boshqa nishonga, ob’ektga (eshikni qarsillatib yopish,
aybsiz b o ‘lgan shaxsga ja h l qilish) yoki shaxsning o ‘z -o ‘ziga qaratilishi (suitsid sodir qilishi)ga
sabab bo'lishi mumkin (Dollard, 1939; Miller, 1941) Frustrasiya va agressiya nazariyasi borasida
o‘tkazilgan labaratoriya tadqiqotlari ikki xil natija berganligini ko'rish mumkin: frustrasiya ba’zan
agressiyani kuchaytirgan bo‘lsa, ba’zan aksincha, susaytirgan. Masalan, Yudjin Bemstayn va Filip
Uorchel o'tkazgan tajriba bunga yaqqol dalildir: eksperimentatoming assistenti eshitish apparati
ishlamay qolayotganligi tufayli hadeb guruhiy qaror qabul qilishga xalal beraveradi, bu hoi majlis
ishtirokchilarida frustrasiyani keltirib chiqazgan, lekin hech qanday agressiyaga olib kelmagan.
Tadqiqotchilaming fikricha bu yerda frustrasiya agressiyaga sabab bo'lmaganimng sababi
frustrasiyani keltirib chiqazgan manba aniq va yctarlicha tushunarli boiganidir.
Frustrasiya va agressiyaning aloqadorligi ilk nazariyalarda oshirib talqin qilinganligini
payqagan Leonard Berkovis bu nazariyani qayta ko'rib chiqdi. U quyidagi taxminni ilgari surdi:
101
frustrasiya jahl va agressiv harakat qilishga emotsional tayyorlikni keltirib chiqaradi (frustrasiya
agressiyani emas, balki agressiv harakat qilishga tayyorlikni keltirib chiqazadi). Har qanday inson
atrofidagilardan uning istaklariga mos harakatlami kutadi, agar uning bu kutuvlari amalga oshmasa
yoki kutilgan harakatni bajarishiga imkoni bo’la turib, buni bajarmasa, bu hoi frustrasiyani keltirib
chiqaradi va o'z-o'zidan insonning jahli chiqishiga sabab bo'ladi (Averill, 1983; Weiner, 1981).
Frustrasiyani his qilgan odam qachon dilozorga tashlanadi, qachonki uni bunga majbur qilishsa.
Agressiya kelib chiqishi uchun, albatta va har doim ham frustrasiya boiishi shart emas, lekin
frustrasiya bilan assosasiyalahadigan stimullar doimo agressiyani kuchaytiradi (Carlson & Oters,
1990).
Bu nazariyaning asosiy jihatlari quydagicha ifodalanadi:
- Frustasiya har doim biror-bir shakldagi agressiyaga olib keladi.
- Agressiyani chorlovchi masalalarda doimo uchta omil hal qiluvchi uluuniyatga ega bo'ladi:
1. Sub’ekt tomonidan kutilayotgan bo'lg'usida erishiladigan mnqsudgn crishisli darajasi - agar
shaxs o‘z oldiga qo'ygan maqsadiga erishishi anchii vaqtgu cho‘zilib ketsa, bunday holat albatta
agressiyani chaqiradi;
2. Maqsadga erishish yo'lidagi to'siq kuchi - shaxsning o'z oldiga qo'ygan maqsadi yo'lida
uchragan to'siq yengib bo'lmas darajada bo'lsa yoki shaxs tomonidan shunday deb tushunilsa,
agressiya vujudga keladi.
3. Ketma-ket ffustasiyalar soni - agar maqsad yo'lida bir-to'siq ortidan ikkinchisi, uning
ortidan uchinchisi kelaversa va bu ketma-ketlik davom etaversa, bu albatta shaxsda agressiyani
keltirib chiqaradi.
Yuqoridagi uch holatni quyidagicha tushuntirish mumkin: sub’ekt o'z oldiga qo'ygan
maqsadidan qoniqishni qay darajada ko'p kutsa, bu yo'lda to'siqlar qay darajada kuchli bo'lsa va
to'siqlar qay darajada ko'p blokirovka qilinsa, agressiv xulq-atvorga turtki shuncha kuchli bo'ladi.
Frustasiyalar ketma-ket sodir bo'lganda ulaming kuchi bir-biri bilan qo'shilib, katta kuchdagi
agressiv reaksiyani tug‘dirishi mumkin.
Bundan tashqari organizmdagi og‘riq va frustrasiya (maqsadga erishish yo‘lida to‘siq paydo
boiishi) ko‘pincha tushkunlik va adovat hissini keltirib chiqarishi va buning ortidan agressiya
yuzaga kelishi olimlar tomonidan tasdiqlangan. Agar frustrasiya qo‘rquv yoki ikkilanish tufayli
kelib chiqqan bo'lsa, shaxs alamini (agressiyasini) ko‘pincha boshqalardan oladi. Bu holat fanda
“agressiyani chiqarib yuborish” fenomeni deb ataladi.
O ‘z agressiyasini chiqarib yuborish uchun shaxs turli xil nishoniami topadilar. Misol sifatida
quyidagi tarixiy holatni keltirish o'rmli. Germaniya Birinchi jahon urushida mag'lubiyatga
uchragach, bu davlatga iqtisodiy tartibsizlik, inqiroz kirib keldi va ko‘pchiiik nemislar buning
alamini olish uchun yevreylami tanlashdi va ularga nisbatan yovuzlikni his qila boshlashdi. A.Gitler
hokimiyat tepasiga kelishidan ancha oldin, bir nemis lideri shunday degan edi: “Evreylar - bu
bizning agressiyamizni chiqarishimiz uchun juda qulay ob’ektdir. Agar yevreylar bo'lmaganida edi,
ulami o'ylab topishga to‘g‘ri kelgan bo'lardi” (G.W.Allport. 1958). O'rta asrlarda odamlar o'zidagi
qo‘rqinch va agressiyani jodugarlarga ko'chirishgan, vaqti-vaqti bilan ulami gulxanda kuydirib,
alamini chiqarib yuborganlar.
Hozirgi kunda agressiyani chiqarib yuborilishi yuzasidan quyidagi holatlami kuzatish
mumkin:
1. Oila muhiti - ba’zi oilalarda ota-ona o‘z ag-essiyasini o‘z juftiga yoki farzandlariga
namoyon qiladi. Bu psixologik jihatdan katta xato hisoblanadi, chunki bunday xatti-harakat bolada
agressiv xulqning shakllanishiga olib keladi.
2. Ijtimoiy muhit - ayrim kishilar o‘z agressiyasini oiladan tashqarida - o‘z tengqurlari,
hamkasblari b lan bo‘lgan munosabatlarda namoyon qilishga harakat qiladilar. Bu ham o‘ziga
yarasha muammolami keltirib chiqarishi mumkin, ya ni agressiv shaxsni o‘sha guruhdagilar
orasidan siqib chiqarilishi o‘sha shaxs uchun yolg‘izlanib qolish hissini keltirib chiqaradi. Bu esa
muammo ustiga muammo tug‘dirmasdan qolmaydi.
3. Ommaviy axborot vositalari - bugungi kunda aksariyat kishil—r o‘z agrcssiyalarini
kompyuter va uyali telefon vositalaridagi o‘yinlar orqali bartaraf etishga urunayotganligi haqidagi
102
fikr keyingi paytlarda ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilmoqda. Bu ham o‘ziga xos muammoni
yuzaga keltirmoqda, ya’ni bunday kishilar aksariyat hollarda agressiv o‘yinlar bilan mashg'ul
bolishadi va bunday o‘yinlar ularda agressiv hulq-atvomi yanada kuchaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |