Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

III. YAKUNIY QISM 
I. “Shirin tilak” mashqi Maqsad: talabalarga o’zaro bir-birlari bilan xushmuomala bo'lish 
sirlarini o’rgatish. 
Ko’rsatma: Hozir har bir ishtirokchi o’zining o‘ng tomonidagi sherigiga shirin tilak aytadi. 
2. Qayta aloqa
Maqsad: Ishtirokchilaming kutuvlari amalga oshganlik darajasini aniqlash.
Ko‘rsatma: Hozir har bir kishi quyidagi savollarga og'zaki javob beradi: “Men bugun 
treningdan. . Barcha ishtirokchilar gaplarini shu jumladan boshlab, o'z taassurotlari bilan 
o‘rtoqlashadilar. 
Trener ishtirokchilaming fikrlarini diqqat bilan tinglashi va ularga ishtiroklari uchun 
minnatdorchilik bildirib, mashg‘ulot yakunlanganligini e’lon qilishi kerak. 
Har qanday trening mashg‘ulotini tuzishdan oldin trener trening mashg‘ulotlarini 
o‘tkazishning nazariy asoslari bilan tanishgan bo'lishi maqsadga muvofiqki, bu uninj tuzayotgan 
dastur va rejasining guruh uchun mosligini va pirovard natijada treningrt samarasini ta’minlaydi. 
III BOB BO‘YICHA TOPSHIRIQLAR 
Nazorat savollari


23
1. Treningni tashkiliy bosqichida nimalami hisobga olish zarur?
2. Treningni tashkil etishda individual suhbatning ahamiyati qanday?
3. Trening o‘tkaziladigan xona qanday bo'lishi kerak?
4. Ishtirokchilaming soni, jinsi, yoshi qanday bo'lishi lozim? 
Mustaqil ish mavzulari
1. Trening o'tkazishdamuammo va motivasiyalami aniqlash.
2. Trening jarayonida individuallikka amal qilish
3. Adabiyotlar asosida trening guruxini yig'ishga oid ma’lumotlami tahlil qiling
4. Tashkiliy qismni tashkil etishda dastur va reja yuzasidan ma’umotlami tahli qiling
Testlar
1. Trening samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi vaqt qays qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 
A) 1 haftada 2-3 kun, 10soat
B) * 1 haftada 4-5 kun, 8 soat
V) 1 haftada 2-3 kun, 4-5 soat 46 
G) 1 haftada 1-2 kun, 5 soat
2. Ishtirokchilar tarkibi qanday bo'lishi kerak? 
A) *Guruh muammosi oddiydan murakkabgacha bo'lishi mumkin
B) Guruh muammosi bir xil bo'lishi kerak
V) Guruh muammosi turli xil bo'lishi yoki bo'lmasligi ahamiyatsiz
G) Guruh muammosi emas trening o'tilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
3. Treningda necha yoshdagilar uchun samara ko'proq bo'ladi? 
A) 30 yoshdan kattalar uchun
B) 50 yosh oraligidagilar uchun
V) *50 yoshgacha bo'lganlar uchun
G) Kichik va katta yoshdagilar

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin