Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Treningda tanishuvni tashkil qilish



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

4.2. Treningda tanishuvni tashkil qilish
Trening mashg'ulotining birinchi kunida o'tkazilishi lozim bo’lgan asosiy qismlardan biri - 
guruh a’zolarining bir-biri bilan va trenerlar bilan tanishuvidir. Bu qism trener tomonidan taklif 
etiladigan turli xil o'yinlar orqali amalga oshiriladi. Demak, tanishuvni turli xil usulda tashkil etish 
mumkin, lekin tanishuv qismining inohiyati bitta boTadiki, har bir ishtirokchi o'zini shu guruhda 
boshqalar qanday tanishini yoki uni qanday nom bilan atashlarini istasa, o'zini shunday tanishtirishi 
mumkin. Tanishuv boqichini tashkil etishda guruhda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan quyidagi 3 ta 
tipik vaziyatga alohida e’tibor qaratish lozim bo'ladi. Bular:
❖ Ishtirokchilar bir-birlari bilan mutloqo notanish bo'lishi va trener ham ulami tanimasligi 
holati. 
❖ Ishtirokchilar bir-birlarini yaxshi tanishi, lekin trener ular uchun umuman yangi odam - 
notanish bo'lishi.
❖ Ishtirokchilar ham trener ham o'zaro tanish bo'lgan holat. 
Birinchi xolatda tanishuv qismi ancha vaqtga cho'ziladi. Chunki bu jarayonda quyidagi ba’zi 
muhim vazifalami aniqlash zarur boiadi:
-Trener va ishtirokcbilar bir-bir!ari bilan tanishib ismlarini eslab qolishiari kerak;
-o‘zaro bir-birlarini qo’llab-quvvatlashni bis qilishlari kerak;
-ishtirokchilaming o'zlarini namoyon qilishlariga sharoit yaratish kerak. 
Bu bosqichni trener va ishtirokchilaming shunchaki bir-birlarining ismini bilishi bilan bog’iq 
boTgan rasmiyatchilik deb qabul qilmaslik kerak. Ishtirokchilaming tanishuv qismi - ulaming 
o’tkazilayotgan mashg'ulotga va ayni paytdagi muhitga moslashish jarayoni boiib, ulardagi hayajon 
va noqulaylik holatlarini bartaraf etishning eng qulay va samarali yo'Iidir. 
Mashg'ulot avvalida trener o‘zini auditoriyaga tanishtirib, qaysi tashkilot yoki umotlami 


26
(yoqtirgan rangi, qiziqishlari va h.k.) aytadi. Trener haqida ishtirok- chilarda paydo bo‘lgan ilk 
tasawur keyingi ishlar natijasiga, trener va guruh a’zolari o'rtasidagi munosa- batlar xarakteriga va 
albatta, mashg’ulotning yakuniga, samaradorligiga ham o‘z ta’sirini ko’rsatadi. 
Tanishuvda ishtirokchilar imkon darajasida doira shaklida yoki aynan bir-birlariga yuzlangan 
holatda o’tirishlari tavsiya etiladi. Chunki bunday o'tirish ular orasida samimiylik muhitini yuzaga 
keltirib, o‘zaro munosabatlami jipslashtiradi. 
Tanishuv qismini tashkil qilish uchun juda ko'plab o'yinlar mavjud boTsada, umuman trening 
jarayonlarida quyidagi usullar ko'proq qoTlanilishi mutaxassislar tomonidan qayd etib o‘tilgan.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin