42
2. Biogenetik nazariya (G.Xoll, L.Epplton)
3. Ijtimoiy nazariya (K.Reynuoter, D.Rismen, E.Neymer)
4. Biopsixologik nazariya (U.Makdaugoll, G.Merfi)
5. Psixoterapevtik nazariya (Z.Freyd, Ya.Moreno, G.Lemann)
6. Madaniy nazariya (Y.Xayzing)
7. Sintetik nazariya (Jan Piaje)
Fiziologik yo‘nalish tarafdorlarining fikriga ko‘ra, insonlar ham, hayvonlar ham o'zidagi
ichki energiyani chiqarib turishi kerak. Va ulaming fikricha, o‘yin individlar uchun aynan shu
maqsadda xizmat qiladi. Gerbert Spenseming mulohazasiga ko‘ra, o‘yin faqat hayotiy vaziyatlar
yoki ma’lum bir faoliyatni takrorlash uchun foydali bo‘lib qolmasdan, balki uning eng foydali va
muhim jihatlaridan biri u individga qoniqish ham beradi. Shuning uchun o‘yin individning
instinktiv istaklarini realizasiya qilish vositasi hamdir. Bundan tashqari, u faqat mstinkt tarzidagi
istak emas, balki aql gimnastikasi hamdir.
Haqiqatan ham treninglar jarayonida qoilaniladigan o‘yin va mashqlar ishtirokchilarga qniqish
berishi bilan birga, ulaming aqlini ham charxlaydi.
Nemis psixolog va filosof olimi Moris Lasariusning fikriga ko‘ra, o‘yin dam utish va mashq
qilish vositasidir. Inson o‘z muskul va tana a’zolarining harakati uchun mashq qilgani kabi o‘zining
ruhiyatini ham haraktini ta’minlashi lozim, buning uchun esa u o‘ynaydi. Bundan tashqari o‘qish va
mehnat faoliyatidan charchash mmjasidagi ichki salbiy enenrgiyalar ham o‘yin orqali chiqarib
yuboriladi. Shunday iplib, G.Spenser va M.Lasariusning konsepsiyasiga ko‘ra, o’yin - insonning
atrof- muhitga sof biopsixologik moslashuvi sifatida tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: