Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

Biogenetik yo‘nalish tarafdorlaridan Grenvill Stenli Xollning fikriga ko‘ra, o’yin - inson 
faoliyatining rudimentidir. Bolalar o'yini esa instinktiv faoliyat boiib, hola o‘z ajdodlarining hayotiy 
faoliyatini takrorlaydi. S.Xolning mulohazasiga ko‘ra, o'yinning mohiyati shundaki, u insonlaming 
avvalgi tajribaiari asosida hozirgi hayotga moslashishlarini ta’minlaydi. 
Treninglarda qo‘llaniladigan o'yin va mashqlar ishtirokchilaming o'zaro munosabatlarini 
yaxshilash bilan birga ulaming bir-birlariga moslashuvini ham laminlaydi. 
Sotsiologik yo'nalish tarafdorlaridan K.Gross o'yinning ijtimoiy mohiyatini ochib berishga 
harakat qilgan. Uning fikriga ko'ra, o'yin - insonni hayotga i.iyyorlanishini ta’minlaydi. Bolalar 
o'yinlari esa ularda hayotiy ko'nikmalami sliakllantirish va mustahkamlash vositasi bo'lib, shaxsda 
psixofiziologik va shaxs sifatiarining rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga egadir. U birinchi 
bo‘lib o'ymmng ijtimoiy ahamiyatini ko‘rsatib berdi, ya’ni inson o'yin jarayonida umumiy qoida va 
yagona liderga bo'ysunish orqali jamiyatga qo'shilishni o'rganadi. Shuningdek, о ym O‘zi uchun, 
o‘zining xatti-harakati uchun javobgarlikni his qilishga o‘rgatadi. О z guruhi uchun harakat qilish 
jarayonida o‘z imkoniyatlarini ochish va o'qishm o'rganishga bo'lg a n qobiliyatlar shakllanishiga 
erishiladi. O ‘yinda bolaning liderhk qobiliyatlari ham namoyon bo'ladi, instinktiv tarzdagi 
yoqtirish paydo bo‘ladi. Kattalar o‘yinida 3 ta elementni ajratib ко rsatadi. 
Jismoniy va intellektual rivojlanish
Mustaqillikni his qilish
Insonning dunyo bilan gormonizasiyasini his qilishi. 
Treninglarda qo'llaniladigan o‘yin va mashqlar orqali ham ishtirokchilarda o‘z muammolarini 
hal etish ko'nikma va malakalari hosil qilinishi maqsad qihb qo yiladi. 
Biopsixologik yo‘nalish tarafdorlarining fikricha, ijtimoiy xulq-atvoming istalgan shaklida 
o‘yin elementlari mavjud. G.Merfming fikricha, o‘ym orgamzmning atrof-muhit bilan 
muvofiqligini ta’minlovchi vositadir. Qachonki, tashqi muhit ta sin ostida muvofiqlik buzilsa, shaxs 
mhiyatida zo'riqish vujudga keladi, shunga ko‘ra, parallel holda va zo‘riqishni bartaraf etish 
maqsadida organizmda o'yin faoliyati shakllanadi. 
Treninglar jarayonida o‘z muammolari girdobida qolib ketgan ishtirokchilarni о‘yin orqali bu 
girdobdan chiqarib olishga erishiladi va shuningdek, ularga muammolaming yechimi ko‘rsatiladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin