Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


Trener har qanday vaziyatda quyidagilarga amal qilishi kerak



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

Trener har qanday vaziyatda quyidagilarga amal qilishi kerak 
• Mavzu doirasidan chetga chiqmaslik, muhokama etilayotgan mavzularga nisbatan o'z fikrini 
bildirish va mashg'ulot so'ngida albatta xulosa yasashi shart.
• Trener har bir ishtirokchini eshitishi, sust ishtirokchilami faollashtinshi va faol 
qatnashayotgan ishtirokchilami rag'batlantirishi shart.
• Trener iloji boricha ishtirokchilami yaqindan bilishi, ishni yaxshi tashkil qilishi, guruhda 
do'stona muhitni tashkil qilishi, ziddiyatli holatlarga yo'l qo'ymaslikka harakat qilishi kerak. 
Trenerda fikr almashish malakasi juda yaxshi rivojlangan bo'lishi kerak. Bu malakani egallash 
quyidagilarni talab etadi: diqqat bilan eshitish; eshitib bo lgach о z fikrini bildirish; o'z hissiyotlarini 
va kechinmalarini bildirish. 
Shuningdek, trener tinglash malakasiga ham ega bo'lishi lozim, tinglash malakasining asosi 
quyidagilardan iborat:
- gapirayotgan kishiga qarash, imkoni bo'lsa ko'zlariga boqib turish; 


58
- gapirayotgan kishining so'zini bo'lmaslik;
- atrofdagi ta’sirlarga chalg'imaslik; - iloji boricha tinchlik saqlashga harakat qilish;
- guruhda ish jarayonida yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlami hal etishga tayyor bo'lishi 
kerak. 
 
9.5.Trenerning imidji 
Treneming mashg'ulotni qanday olib borishidan tashqari uning o'zi ham ishtirokchilarga juda 
katta ta’sir ko'rsatadiki, bunda asosan ikki narsaga e’tibor qaratiladi: 
1. Treneming kiyinishi (imidji).
2. Treneming hatti-harakatlari, qiliqlari, odatlari. 
Teatr garderobdan boshlangani kabi trening mashg'uloti ham treneming tashqi ко rinishi
kiyinishi bilan bog'liqdir. Bum qanday tushunish mumkin? 
Treneming kiyinishi guruhda u haqdagi dastlabki tasavvuming ijobiy yoki salbiy bo lishiga, 
guruh uni qabul qilishi yoki qabul qilmasligiga olib kelishi mumkinki, bu holat trening jarayoniga 
ham, albatta, o'z ta’sirini ko'rsatishi tabiiy. 
Imidj - bu atrofdagilar shaxsni qanday qabul qilishi, qanday ko'ra olishidir. Shu о nnda bir 
misol keltinb o'tamizki, treneming kiyinishi qanchalik muhim ekanligini bu misoldan keyin 
osongina tushunib olish mumkin. Faraz qiling qanaqadir fimia yoki davlat muassasiga ishga taklifni 
o'qigan ikki kishi o'sha joyga bordi. Ulaming bin - kostyum-shimda, oq ko'ylak, galstuk, qo'lida 
portfel bilan kelsa, ikkinchisi egmda futbolka, oyog'ida krassovka, orqasiga ryukzak osib olgan. 
Bunday holatda birinchi odam atrofdagilarda haqiqiy mutaxassis taassurotini beradi, vaholanki, 
Iwrasida binnchi odam ikkinchisiga nisbatan katta tajriba va bilimga ega bo'lishi mumkin. Lekin 
ulaming kiyinishi, tashqi ko'rinishi, imidji kishida qarama-qarshi tasavvurlarm uyg'otadi. Shundan 
kelib chiqqan holda, treneming kiyinishi ham o'ziga xos va vaziyatga mos bo'lishi talab etiladi. 
Trener awalo trening qanaqa gumh uchun mo'ljallanganligini e’tiborga olishi zarur. Lekin 
imkon darajasida treningga ishchi formada kelish lozim. Bu kiyim awalo mintahtet xususiyatlariga 
mos kelishi, shuningdek treneming o'zi uchun ham qulay va liarakatlanishga mos bo'lishi lozim. 
Treneming bezaklari ham tahlil qilinishga loyiq. Trener uchun haddan ortiq bezaklar bilan 
bezanish maqsadga muvofiq emas. Jumladan, u qaysi jins vakili bo‘lishidan qat’iy nazar 
ishtirokchilaming diqqatini jalb qiluvchi taqinchoqlar, bezaklar taqishi maqsadga muvofiq emas. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin