Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Guruhda yuzaga keladigan umumiy muammolar va ularni hal etish



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

10.3. Guruhda yuzaga keladigan umumiy muammolar va ularni hal etish 
Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilinsa, mikroguruhlar bilan ishlash jarayoni sdliq kechadi, deb 
o‘ylash noto‘g‘ri albatta. Chunki ish bor joyda muammo mavjud boigani kabi mikroguruhlar bilan 
ishlash jarayonida ham o‘ziga xos muammoli vaziyatlar yuzaga kelib turadi. Bunday vaziyatlardan 
eng ko‘p kuzatiladiganlarini sanab o'tamiz. 
Ba’zida kichik guruhlarda berilayotgan topshiriqlami hamma ishtirokchilar ham bir xilda 
bajarishni istayvermaydilar. Trener kichik guruhlarda ba’zi ishtirokchilar tomonidan yuzaga 
keltirilishi mumkin boigan quyidagi ko'rinishdagi muammolarni hal qilishga tayyor turishi kerak:
- ishtirokchi boshqalaming so'ziga aralashaverib, qolganlaming jiglga tegishi mumkin; 
- ishtirokchi о zini ko‘rsatish uchun boshqalami tanqid qilishi, noo‘rin kamsitishi, ustidan 
kulishi mumkin;
- ishtirokchi birovlarga mma qilishi kerakligini aytib, aql o‘rgatishga harakat qilishi mumkin; 
- ishtirokchi gapirayotgan ishtirokchining gapini boiishga harakat qilishi
mumkin;
- ishtirokchi guruh ishida qatnashishdan bosh tortishi mumkin;
- ishtirokchi topshiriqqa tegishli bo‘lmagan narsalar haqida gapirib vaqt o‘tkazishga harakat 
qilishi mumkin. 
Mikroguruxdagi bunday muammolami hal etish uchun quyidagicha yo 7 tutish 
mumkin: 
• Agar guruh ishida og‘ishlar ro‘y bersa, guruhga muloyimlik bilan vaqt behuda 
ketayotganligini va berilgan topshiriqm bajarish yoki muammom muhokama qilish lozimligini 
eslatish lozim;
• Muammo tug‘diray otgan ishtirokchi bilan alohida gaplashish kerak. Guruh qabul qilgan 
qoidalarga to‘xtalib, keyin bir kishining xulq-atvori qolganlarga ham salbiy ta’sir qilishini 
tushuntirish lozim va undan keyingi mashg‘ulotlarda guruh, bilan hamkorlikda ishlashini so'rash 
kerak;
• Boshqalaming so'zini boiayotgan ishtirokchiga shunday ogohlantmsh berish mumkin: "Meni 
kechirasiz, lekin sizga shuni eslatib qo‘ymoqchxman — guruhning har bir a’zosi gapirish huquqiga 
ega va uning so‘zini bo lishga hech kimning haqqi yo‘q";
• Agar biror ishtirokchining xulq-atvori va xatti-harakati ishlashga halaqit berayotgan bo‘lsa, 
uni guruhning o'zida ochiqchasiga muhokama qilish kerak. Qilingan harakat yoki aytilgan gapni 
tanqid qilinadi, uning salbiy tomonini va guruh ishiga halaqit berganligini ko‘rsatib beriladi, lekin 
hech qachon shu ishni qilgan yoki gapirgan ishtirokchining o'zini tanqid qilinmaydi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin