Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

Ko‘nikmaIar treningi. Bu tipdagi treninglar guruhi asosan konkret ko'nikma, malakalami 
egallashga yo‘naltirilgandir, alohida ta’kidlash lozim bunday ko'nikma va malakalar ko'pincha 
ma’lum bir ish yuzasidan kerak boiadi. Shuning uchun bunday treninglaming asosiy ishtirokchilari 
rahbarlar, tadbirkorlar, ishbilarmoniar boiadi. 
Ko'nikmalar treningining maqsadi quyidagilardan iborat: 
1. Turli hayotiy murakkab vaziyatlarda kerak boladigan ko'nikmalarga o'rgatish; 
ishtirokchilami real sharoitda to'qnashadigan muammoiaridan xalos etish. 
2. Ishtirokchilarga boshqaruv ko'nikmasini rivojlantirishga yordam berish; 
3. Olingan bilimlami guruhdan tashkarida ham qollashga o'rgatish. 
4. Konkret sharoit va vaziyatlarda boshqalar bilan (effektiv) samarali o'zaro ta’sir uchun 
kerakli kommunikativ ko'nikmalarni mukammalashtirish.
5. Individual guruhiy tashkiliy diagnostika ko'nikmasini egallash. Guruhda nizoli vaziyat 
yechimini topish va guruhiy yaqinlik, ahillikni mustahkamlash (Bolshakov 1996 y.). 
 
11.2. Zamonaviy psixologiyada trening klassifikasiyalari 
Zamonaviy psixologiyada treninglarga bo'lgan e’tiborning yanada ortishi barobarida ulami 
turlarga ajratish yuzasidan ham ishlar olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda mutaxassislar tomonidan 
tashkil etilayotgan va o'tkazilayotgan treninglami turlarga ajratish nihoyatda murakkabligini 
ta’kidlab o'tish muhimdir. Chunki hozirgacha ham treninglaming yagona klasifikasiyasi mavjud 
emas. Lekin bu muammo bilan shug'ullangan mualliflaming barchasi turli asoslarga ko'ra 
treninglami o‘ziga xos ko'rinishlarda turlarga ajratishgan. Quyida treninglaming muhira jihatlariga 
ko'ra eng ko‘p qo'llanilayotgan klassifikasiyalari keltiriladi. 
Hal qilinadigan muammosiga ko‘ra: 
• Biznes-treninglar; 
• Professional treninglar (masalan aktyorlik mahorati treninglari);
• Psixologik treninglar; • Trenerlar uchun treninglar. 
Ishtirokchilaming orttiradigan natijalariga ko‘ra: • Bilim orttiradigan; • Ko'nikma orttiradigan; 
• Malaka orttiradigan. 
Ishtirokchilaming soniga qarab:
• Individual treninglar;
• Kichik guruhli (15 kishidan ko‘p bo‘lmagan) treninglar; 
• Katta guruhli (30 kishida va undan ortiq) treninglar. 
Ishtirokchilami jalb qilinishiga qarab: 
• Ochiq (hamma uchun);
• Yopiq (korporativ). 
Ishtirokchilaming yoshi, professional, ijtimoiy mavqeiga qarab:
• Mutaxassislar uchun;
• Rahbarlar uchun; 
• Maktab o'quvchilari, talabalar va kattalar uchun. 
Psixologik adabiyotlarda yuqorida keltirilgan trening turlaridan tashqari trening 
mashg‘ulotlari davomida hal etiladigan muammolarga ко ra va yana anchagina soddaroq 


72
ko‘rinishdagi turlarga ham ajratilganligini ko‘rish mumkin. Jumladan.
1. Trening davomiyligiga ко‘ra 
- bir martalik treninglar: bir kundan yetti kungacha davom etadi; 
- doimiy treninglar: bir haftada 1-2 marotabadan bir oyda bir marotabagacha kuniga bir 
necha soat shug'ullanishadi. 
2. Guruhdagi ishtirokchilaming soniga ко‘ra:
- kichik guruhli treninglar - 4-8 ishtirokchi; 
- o'rtacha guruhli treninglar - 8-30 ishtirokchi; 
katta gur-hli treninglar - 30 kishidan ortiq kishidan ortiq ishtirokchilar. 
3. 0‘tkazilish usuliga ко ‘ra:
-dressura1 - xulq-atvoming eng “erakli n”munalarini shakllantirish va keraksiz xulq-atvor 
shakllarini qat iy manipulyativ usullar orqali bartaraf etish;
- trenirovka (mashq qilish, takrorlash) - effektiv xulq-atvor ko'nikma va malakalarini ishlab 
chiqish va shakllantirish;
- faol о qitish — psixologik bilimlarga ega bo’lish, shuningdek bir qancha ko‘nikma va 
malakalarni rivojlantirish;
- ishtirokchilaming o'zini namoyon etishlariga imkon yaratish - o‘zidagi psixologik 
muammolaming yechimini mustaqil hal etish usuli orqali hosil etiladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin