2-mavzu: jahon media va axborot makonida raqobat muhiti. Reja: Bosma va ommaviy axborot vositalari. Aholining axborotga bo`lgan ehtiyoji



Yüklə 182,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix30.03.2023
ölçüsü182,06 Kb.
#124587
  1   2   3   4
2-mavzu



2-MAVZU: JAHON MEDIA VA AXBOROT MAKONIDA RAQOBAT 
MUHITI. 
Reja: 
1. Bosma va ommaviy axborot vositalari.
2.Aholining axborotga bo`lgan ehtiyoji. 
3.Matbuotda so`z va axborot olish erkinligi.
4.Axborotning inson ongiga ta`sir muammolari. 
 
Bugungi kunda yoshlar mediadan juda keng va faol foydalanmoqda. Ular 
ijtimoiy tarmoqlarga uyali telefon orqali suratlar yuboradi, turli yangiliklarga 
munosabat bildiradi, doimiy ravishda virtual makonda muloqotga kirishadi. Agar 
kattalar ish vaqtini dam olish vaqtidan ajratishga majbur bo’lsa, yoshlar onlayn va 
offlayn tartibdagi faoliyat o’rtasiga chegara tortish zaruratini his etmaydi. Global 
tarmoqdan yosh avlod vakillari dunyoning turli mintaqalarida yashaydigan insonlar 
bilan muloqotga kirishish uchun foydalanadi. Ular vizual va kommunikativ 
madaniyatning yangi toifasi vakillaridir. Hozirgi kunda jahonda yuz berayotgan 
voqealar qisqa fursat ichida zamonaviy ommaviy axborot vositalari ta'sirida boshqa 
davlatlarga tarqalmoqda. OAV orqali amalga oshiriladigan va katta mablag‘ talab 
qilmaydigan g‘oyaviy ta’sir va tazyiqning o‘ziga xosligi shundaki u o‘quvchi, 
tinglovchi yoki tomoshabinga sezdirilmasdan amalga oshiriladi va bevosita 
qurbonlarni keltirib chiqarmaydi. Axborot dushmanni yo‘q qilmagan, katta 
xarajatni talab qilmagan holda yuqori samara beradi. Bunda g‘oyaviy ta’sir 
yo‘naltirilgan mamlakatlar aholisining xohish-istaklari, mentaliteti, mavjud 
muammolari jiddiy o‘rganilgan holda asosiy diqqat kishilar ongi va 
dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatishga, shakllangan qadriyatlarni o‘zgartirishga, 
ularning regulyatorlik rolini kamaytirishga yoki butunlay yo‘qqa chiqarishga 
qaratiladi. Bunday ta’sir o‘tkazishda davriy nashrlar tadrijiylik, radio va televidenie 
fragmentli uzatish usullaridan ustalik bilan foydalanishmoqda. 
Internet bugungi axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi. Hozirda 
internetdan nafaqat kompyuter tarmog‘i, balki kosmik aloqa yo‘ldoshlari, 
radiosignal, kabel televideniesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish 


mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi 
kunda 1 milliard 250 million kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham 
mazkur fikrlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Buning oqibatida, mintaqa xavfsizligi 
va barqarorligiga jiddiy tahdidlar vujudga kelmoqda. Shunindek, inson ongini 
zaharlashga qaratilgan, ularning ruhiyatida agressivlik, tajavvuzkorli, vahshiylik 
kabi illatlarni uyg'otadigan turli yot g'oyalarning, milliy mentalitetimizga, urf- odat, 
an'analarimnizga umuman mos kelmaydigan odatlar, pornografik axborotlar, turli 
xil yolg'on ma'lumotlar, mish-mishlarni tarqatiloyotgani insonni ogohlikka 
chorlaydi. Shu bilan birgalikdagi, insoniyat hayotiga qarshi qaratilgan noan'anaviy 
tahdidlar: xalqaro terrorizm, diniy ekstrimizm va fundamentalism, noqonuniy qurol 
savdosi kundan-kunga milliy, mintaqaviy hamda xalqaro xavfsizlikka xavf 
solmoqda. I.A.Karimov o'zlarining "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobida 
- "Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko'proq kuchga 
ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo'lishga undovchi tomoni shundaki, agar 
harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo'lsa, buni sezish, ko'rish, oldini olish mumkin
ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta'siri va oqibatlarini tezda ilg'ab yetish 
nihoyatda qiyin", - degan fikrlari orqali ma'naviy tahdidlar hamda mafkuraviy 
tazyiqlar qanchalik kuchga ega ekanligini bayon qilganlar. Darhaqiqat, ma'naviy 
tahdidlar qurol-yarog' urushlaridan ming marotaba xavfliroq ekanligiga guvoh 
bo'lmoqdamiz. Globallashuvning avj olib ketishi, "Ommaviy madaniyat"ning keng 
yoyilishi har bir millatga xos bo'lgan milliy an'analarning, urf-odatlarning, millat 
o'zligining, millat madaniyatining yo'qolib ketishi xavfini yuzaga keltirmoqda. 
Millat o'zligining tanazzulga yuz tutushi millatning yo'qolishidir. Demak, milliy 
madaniyat, an'analar xalqning xalq sifatida, millatni millat sifatida 


yuksalishi uchun asosiy omildir. Bugungi kunda insonlarning internetdan, 
ommaviy axborot vositalaridan noto'g'ri foydalanishi, har xil zarali axborotlarni 
qabul qilishi o'zlari bilmagan holatda diniy ekstremizm, terrorizm, fundamentalism, 
fanatizm kayfiyatidagi turli oqimlarga kirib qolishiga , "Ommaviy madaniyat" ta'siri 
natijasida yoshlarimiz turli ajnabiy kiyimlarni kiyishga, "o'z imidj"larini yaratishga, 
qizlarimizda o'zbek ayoliga xos bo'lmagan odatlarning avj olishiga va shu kabi 
axloqqa zid qoidalarni o'zlariga tegishli deb hisoblashiga, hali ongi-tafakkuri 
shakllanmagan bolalarning pornografiyaga ishqiboz bo'lib qolishiga olib kelmoqda. 
Bu esa, milliy mentalitetni yo'qolib borishiga, insonlarning ma'naviy dunyoqarashi 
qasshoqlashishiga, o'zligini unitib, manqurtga aylanishiga zamin yaratmoqda. 
Ma'naviy tahdidlarga qarshi kurashish uchun, avvalo, insonlarda turli manaviy 
dunyosini buzuvchi, zararlovchi buzg'unchi g'oyalarga qarshi kurashish qobig'ini - 
mafkuraviy immunitetni rivojlantirish zarur. Shuningdek, ta'lim-tarbiyani to'g'ri 
yo'lga qo'ya olsak, yoshlarimizni ommaviy axborot vositalaridan foydalinishini 
doimiy nazorat qilib borsak ma'naviy tahdidlarga qarshi samarali kurashgan 
bo'lamiz. OAV bu so‘z, obrazlar, musiqa va shu kabi shakllarda axborotlarning 
tezlikda uzatilishi va ommaviy tarqatilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday 
vositalarga ommaviylik, davriylik, tinglovchi yoki o‘quvchilar auditoriyasining 
kengligi kabi xususiyatlar xosdir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi davrda 
OAV imkoniyati va qamrovining keskin darajada o‘sganini qayd etish lozim. 
OAVning qamrov darajasi, boshqacha aytganda, mahalliy, umummilliy, 
mintaqaviy yoki xalqaro (global) miqyosda faoliyat ko‘rsatishi ham uning ta’sir 
doirasini 
ko‘rsatuvchi 
omillardan 
biri 
hisoblanadi.

Yüklə 182,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin