O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika instituti Ziyayev Adhamjon Nisolmuxammatovich


Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/69
tarix02.04.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#124708
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

7.3.Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
Jismoniy tarbiya—bu sog’lom turmush tarzini va gigienik ko’nikmalarni 
shakllantirishga, salomatlik va jismoniy kuchlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan, 
sog’lomlashtirish va bilish faoliyatlarini tashkil etish jarayoni. Jismoniy 
madaniyat—jamiyat qadriyati bo’lib, insonni garmonik rivojlanishi, tana va ruh 
to’g’risidagi bilimlar hamda salomatlikni saqlash bo’yicha faoliyat tizimi, 
ma’naviy va jismoniy rivojlanish kuchlari to’g’risidagi tasavvurlar yig’indisidir. 
Buyuk mutafakkir Ibn Sino birinchilardan bo’lib, jismoniy tarbiyani bir butun 
tizimini (jismoniy mashqlar, to’g’ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish, kun 
tartibi) yaratgan edi. To’g’ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya shaxsning me’yoriy, 
jismoniy taraqqiyotini ta’minlaydi, salomatligini mustahkamlaydi, yoshlarni 
mehnatga, turmushga tayyorlaydi. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik 
yillarida yosh avlodni jismonan sog’lom bo’lishini ta’minlovchi uch bosqichli 
tizim ishlab chiqildi.
Ya’ni: 
1. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilar o’rtasida «Umid nihollari» 
sport musobaqasi tashkil etiladi.
2. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari o’rtasida 
«Barkamol avlod» sport musobaqasi tashkil etiladi. 
3. Oliy o’quv yurtlarining talabalari o’rtasida «Universiada» sport 
musobaqasi tashkil etiladi. 
Jismoniy tarbiya o’quvchilarda jismoniy-irodaviy sifatlarni shakllantirish, 
ularni aqliy, jismoniy jihatdan mehnat va vatan mudofaasiga tayyorlashga 
yo’naltirilgan jarayon sanaladi. 
 
7.4. Jismoniy tarbiya vositalari.
Jismoniy tarbiyani tashkil etishda o’quvchilarning o’z sog’liqlarini saqlash 
va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to’g’ri rivojlanish, 
uning ishchanlik qobiliyatini oshirish to’g’risida g’amxo’rlik qilish tuyg’ularini 
tarbiyalash, ularda yangi harakat turlari borasida ko’nikma, malakalarni hosil 
qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o’quvchilarning yoshi, jinsiga 
muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, 
chidam, iroda, harakterni qaror toptirish kabi) jismoniy sifatlarni rivojlantirish
shaxsiy gigienani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalash maqsadi 
ko’zlanadi. 
Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi: 
– o’quvchilar sog’lig’ini mustahkamlash, ularni jismonan rivojlantirish; 
– o’quvchilarning aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish; 


71 
– o’quvchilarda tabiiy harakatchanlikni rivojlantirish va mustahkamlash; 
– o’quvchilarni harakatning yangi turlariga o’rgatish; 
– o’quvchilarda irodaviy sifatlar (kuch, chaqqonlik, dadillik, chidamlilik, 
qat’iyatlik va b.)ni rivojlantirish; 
– o’quvchilarda axloqiy sifatlar (intizomlilik, ma’suliyatlik, jamoa bilan 
bo’lish kabilar)ni tarbiyalash; 
– o’quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy, muntazam 
shug’ullanish ehtiyojini shakllantirish; 
– o’quvchining jismonan sog’lom bo’lishini ta’minlash, shaxsiy gigiena 
qoidalariga amal qilishga odatlantirish, o’z sog’ligiga ongli munosabatni 
tarbiyalash. 
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etiladigan 
jismoniy tarbiya uning chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlik bilan 
bog’liqligiga ko’ra o’ziga xos harakter kasb etadi. 
O’quvchilarning jismoniy madaniyat (kamolot)ga erishganlik darajasini 
quyidagi mezonlar asosida belgilash mumkin:
1) jismoniy harakat ko’nikmalariga egalik;
2) jismoniy mehnat qilish qobiliyatining rivojlanganligi;
3) jismoniy kamolotning aks etishi;
4) o’quvchilar tomonidan jismonan rivojlangan idealning tanlanganligi va 
undan namuna olish yo’lida amaliy harakatlarning tashkil etilayotganligi. 
Chaqqonlik, epchillik, chopqirlik, egiluvchanlik, kuchlilik, chidamlilik, 
sabrlilik, irodalilik, kuchli harakterga egalik kabi sifatlar shaxsning jismonan 
kamolotga yetganligini ifodalaydi.  
Jismoniy tarbiya vositalariga gimnastika, o’yin, turizm, sport, tabiat shu 
bilan birga tabiiy kuchlar(quyosh, havo, suv), bundan tashqari gigienik omillar 
(kun tartibi va dam olish, ovqatlanish) tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya metodlariga 
jismoniy mashqlar, trenirovka, tushuntirish, namuna hamda musabaqa kiradi. 
Jismoniy 
tarbiya 
metodlari 
yordamida 
o’quvchilarda jismonan to’g’ri 
rivojlanishlari uchun zarur bo’lgan bilim, ehtiyoj va shaxsiy sifatlar shakllanadi. 
Jismoniy tarbiyani tashkil etishning asosiy shakli bu jismoniy tarbiya 
darslari hisoblanadi. Jismoniy tarbiya darslarida harakatli, xalq va sport 
o’yinlaridan keng foydalaniladi. 
Jismoniy tarbiya o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish bilan 
uzviy bog’liq. Bolalar va o’smirlar orasida chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol 
qilish, narkotik moddalarni qabul qilish kabi salbiy odatlarni shakllanishini oldini 
olishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati katta. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin