114
so’z va paideia - tarbiyalash) shug’ullanadi. Patogen omil ta’sirida yuzaga kelgan
nutqiy buzilishlar o’z-o’zidan yo’qolmaydi va u maxsus tashkil etilgan korreksion-
logopedik choralarsiz bolaning keyingi rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Nutqiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va
endogen (ichki) omillar asosiy rol o’ynaydi. Bundan tashqari (anatomik-fiziologik,
morfologik), funksional (psixogen), ijtimoiy-psixologik (atrof-muhitning salbiy
ta’siri), psixonevrologik (psixik funksiyalarining buzilishi (aqli zaiflik, xotira yoki
diqqatning buzilishi va boshqalar) sabablarning ham ta’siri sezilarli bo’ladi.
Ekzogen-organik omillar sirasiga: bolaning markaziy nerv tizimi va uning
organizmiga salbiy ta’sir etuvchi omillar (infeksiya, jarohatlar, intoksikatsiya), turli
akusherlik patologiyalari (bel torligi, tug’ilishning cho’zilib ketishi yoki tez sodir
bo’lishi, yo’ldoshga o’ralib qolishi, bolaning noto’g’ri joylashishi va boshqalar),
malakali akusherlik yordamining ko’rsatilmasligi, chala tug’ilish kabi holatlar
sabab bo’ladi.
Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi:
1)
tibbiy-psixologik nutqiy buzilish;
2)
psixologik-pedagogik nutqiy buzilish.
Tibbiy-psixologik turda ko’riladigan hamma nutqiy buzilishlarni quyidagi
ikki yirik guruhga ajratish mumkin:
1)
og’zaki nutqning buzilishi;
2)
yozma nutqning buzilishi.
Og’zaki nutqning buzilishi o’z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:
1)
nutq ifodalanishi fonasion tuzishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi;
2)
fikr strukturali-semantik (ichki) tuzilishi (nutqning tizimli yoki
polimorf)ning buzilishi
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikasiyalash uni pedagogik
jarayonda qo’llashga yo’naltirilgan bo’lib, bolalar jamoasi bilan nutqiy nuqsonlarni
tuzatishga yo’naltirilgan korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir ko’rsatish metodlarini
ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalashga ko’ra nutqning
buzilishi quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
1. Muomala vositalari (fonetik-fonematik va nutqning umumiy
rivojlanmaganligi)ning buzilishi.
2
. Muomala vositalarini qo’llashdagi buzilishlar.
Dostları ilə paylaş: