O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika instituti Ziyayev Adhamjon Nisolmuxammatovich



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/69
tarix02.04.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#124708
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69
ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

Ma’rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani 
takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni 
targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi. 
Mafkura (arabcha «mafkura» - naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – 
jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy 
qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksaklish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning 
rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin 
tutuvchi g’oyalar tizimi. 
Ma’naviyat - moddiy hayot bilan doimo yonma-yon yuradigan, inson, xalq 
va jamiyat hayotining ajralmas qismi bo’lgan ijtimoiy hodisa”


123 
Menejment – mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga 
erishish uchun shaxs (xodim) yoki guruhga ta’sir o’tkazish asosida ularning 
faoliyatini tashkil etish tamoyillari, shakllari, metodlari va usullari 
Ma’naviyat– bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotida 
sinalaverib, ko’nikma va malaka darajalaridan o’tgan va ruhiga singib, hayot 
tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir”. 
Axloq- kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, xatti-
harakati, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro munosabati, shuningdek, jamiyatga 
bo’ladigan munosabatlarini tartibga solib turadigan barqaror, muayyan me’Yor va 
qoidalar yig’indisi. 
Tarbiya-o’qituvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda 
aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida ta’lim 
oluvchilarning ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot 
uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy 
odatlar hosil bo’ladigan va rivojlanadigan uzluksiz jarayon. 
Dunyoqarash - tabiat, jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati 
mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va 
e’tiqodlar tizimi. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin