qurilish-montaj, sozlash va sinash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. Ulardan
chetga chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir xodim, agar Qoidalarning talablari buzilishini o‘zi bartaraf qilish
chorasini ko‘ra olmasa, darhol o‘zining bevosita rahbariga, agar u bo‘lmasa, yuqori turuvchi rahbarlarga
aniqlangan, inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan barcha Qoidalar buzilishlari, shuningdek, uskunalarning va ish
jarayonida ishlatilayotgan mashina, mexanizmlar, asbob-uskunalar hamda himoya vositalarining nosozligi
haqida xabar berishi shart.
Ma’muriy-texnik xodimlar mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, ishlarning xavfsizligini oshiruvchi
qo‘shimcha chora-tadbirlarni ko‘zda tutishlari lozim. Ushbu chora-tadbirlar mazkur Qoidalarga zid bo‘lmasligi
kerak.
4. Mazkur Qoidalar iste’molchilarning ishlab turgan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qiluvchi, ularda
tezkor almashlab ulash ishlarini amalga oshiruvchi, ta’mirlash, montaj, sozlash yoki sinash ishlarini bajaruvchi va
tashkil etuvchi xodimlarga taalluqlidir.
5. Ishlab turgan elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish, ularda tezkor almashlab-ulashni o‘tkazish, ta’mirlash,
montaj qilish yoki sozlash ishlari va sinovlarni tashkil etish hamda bajarish mazkur Qoidalarga
1-ilovaga
muvofiq
elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli guruhga ega bo‘lgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan elektrotexnik xodimlar
tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir korxonada mazkur Qoidalar elektrotexnik xodimlar tomonidan bajarilishi uchun javobgarlik
o‘rnatilgan tartibda ushbu korxona rahbariyati yoki yuqori tashkiloti tomonidan tasdiqlangan lavozim
yo‘riqnomalari va nizomlari bilan belgilab beriladi.
6. Har bir xodimning bilimlar sinovi Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlash
to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda o‘tkaziladi va rasmiylashtiriladi. Bilimlar sinovining natijalari mazkur
Qoidalarga
3-ilovada
o‘rnatilgan shakldagi jurnalga kiritiladi.
Bilimlar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan har bir xodimga bilimlar sinovidan o‘tganligi, elektr xavfsizligi
bo‘yicha (II — V) guruh berilganligi haqida mazkur Qoidalarga
4-ilovada
o‘rnatilgan shakldagi guvohnoma
beriladi.
Guvohnoma u yoki bu elektr qurilmalari tezkor, ta’mirlovchi, tezkor ta’mirlovchi huquqiga ega bo‘lgan
ma’muriy-texnik xodim sifatida; tezkor, ta’mirlovchi, tezkorta’mirlovchi, shuningdek, elektr xavfsizligi bo‘yicha II va
undan yuqori guruhga ega bo‘lgan elektrotexnik xodim sifatida xizmat ko‘rsatish huquqini beradi.
Agar bilimlar sinovidan o‘tayotgan xodim bir vaqtning o‘zida maxsus ishlarni bajarish bo‘yicha bilim
sinovidan ham o‘tgan bo‘lsa, bu haqida bilim sinovidan o‘tish jurnalida hamda guvohnomaning “ Maxsus ishlarni
olib borish huquqi” ustunida yozib qo‘yiladi.
Elektr qurilmalarini nazarot qiluvchi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandislar, elektr xo‘jaligi uchun
javobgar shaxs o‘tadigan komissiyada elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruh hajmida bilimlar sinovidan o‘tishlari
kerak. Bunda ularga ushbu korxonani elektr qurilmalarini nazorat qilish huquqini beruvchi, mazkur Qoidalarga
5-
ilovada
o‘rnatilgan shakldagi guvohnoma beriladi.
Ushbu Qoidalar, Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari (keyingi o‘rinlarda —
TEQQ) va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tmagan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandislarga
elektrotexnik xodimlarga hech qanday ko‘rsatma berishga ruxsat etilmaydi.
7. Noelektrotexnik xodimlarga elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruh xizmat ko‘rsatilayotgan qurilmada xavfsiz
ishlash usullari bo‘yicha har yillik bilim sinovidan o‘tgandan so‘ng korxona, tashkilot, sex va uchastkaning elektr
xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan yoki uning yozma ko‘rsatmasi bo‘yicha elektr xavfsizligi bo‘yicha III
guruhdan past bo‘lmagan shaxs tomonidan beriladi. I guruhni berilganligi mazkur Qoidalarga
2-ilovada
o‘rnatilgan shakldagi maxsus jurnalda tekshiruvchi va tekshiriluvchining imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Ish jarayonida I guruh xodimlari xar yilgi bilim sinovidan tashqari, belgilangan tartibda davriy yo‘riqlaroladi.
8. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qiluvchi elektrotexnik xodimlarga qo‘yiladigan umumiy talablar
TEQQda bayon etilgan.
9. Mazkur Qoidalarga muvofiq qo‘llaniladigan himoya vositalari amaldagi Elektr qurilmalarida
foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidalari talablarini qanoatlantirishi lozim.
10. Odamlar bilan baxtsiz hodisalar ro‘y berganda, jarohatlanganni elektr toki ta’siridan qutqarish uchun
oldindan ruxsat olmasdan turib, darhol kuchlanishni olishni amalga oshirish zarur.
11. Mazkur Qoidalarning talablariga zid bo‘lgan farmoyish va topshiriqlarni bajarish man etiladi.
Dostları ilə paylaş: