ishlarni bajarish sharoitini hisobga olgan holda belgilanadi.
77. Naryad muddatini naryad beruvchi yoki ushbu elektr qurilmasida ishlashga
naryad berish huquqiga
ega bo‘lgan boshqa xizmatchi uzaytirishi mumkin.
Naryad muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ruxsatnomani ijozat beruvchiga,
javobgar rahbarga yoki ish
bajaruvchiga telefon, radio yoki kuryer orqali berilishi mumkin. Bunday hollarda ushbu xodim o‘z imzosi bilan
naryad muddatini uzaytirgan xizmatchining ismi va familiyasini yozib ko‘rsatadi.
78. Naryadlar bo‘yicha ishlar bajarib tugatilgandan so‘ng ular 30 kun davomida saqlanishi kerak, keyin esa
ularni saqlash talab etilmaydi.
Agar naryad bo‘yicha ishlarni bajarishda avariya yoki elektrdan jarohatlanish sodir bo‘lgan bo‘lsa, bu
naryadlar korxonaning arxivida saqlanishi shart.
79. Naryad bo‘yicha ish bajarilganda brigada kamida ikki kishidan — ish bajaruvchi va brigada a’zosidan
iborat bo‘lishi kerak. Ish bajaruvchi rahbarlik qiladigan brigada tarkibiga elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhga ega
bo‘lgan har bir brigada a’zosiga I guruhga ega bo‘lgan bitta elektrotexnik yoki elektrotexnologik xodim kiritilishi
mumkin. Ammo brigadadagi I guruhga ega bo‘lgan xodimlarning umumiy soni ikki kishidan oshmasligi kerak.
80. Navbatchilik vaqtida tezkor xodimlar yuqori turuvchi shaxsning ruxsati va tezkor jurnalga yozish sharti
bilan naryadga kiritilmasdan, ta’mirlash brigadasida ishlash uchun jalb etilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: