16. Agar korxona rahbari elektr ta’minoti shartnomasini bevosita energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan
tuzmagan bo‘lsa, ijaraga berilgan elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilish uchun javobgarlikning taqsimlanishi
ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasidagi ijara shartnomasida aks ettirilishi shart.
17. Korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs:
ishlab chiqaruvchi zavodlarga — butlanmagan, sifatsiz yoki buyurtma xususiyatiga, davlat standartlariga va
texnik shartlarga mos bo‘lmagan uskunalar keltirilganda;
montaj qiluvchi tashkilotlarga — elektr montaj ishlari texnologiyasi buzilganda, sifatsiz montaj qilinganda,
loyiha hujjatlaridan chetga chiqilganda va montaj jarayonida uskunalar shikastlanganda;
elektr ta’minoti tashkilotiga — elektr energiyasining sifatsiz parametrlarida va korxona elektr ta’minoti
buzilishlarida o‘z vaqtida da’vo (reklamatsiya) berishi shart.
18. Ushbu Qoidalarning buzilishlarini payqagan, shuningdek, elektr qurilmalari yoki himoya vositalarining
ishga yaroqsizligini sezgan har bir xodim, zudlik bilan bevosita o‘zining rahbariga, u bo‘lmaganda esa — yuqori
turuvchi rahbarga bu haqda xabar berishi shart.
Elektr qurilmadagi nosozlik atrofdagi kishilarga yoki qurilmaning o‘ziga aniq xavf tug‘dirgan hollarda, uni
payqagan xodimning o‘zi bartaraf qila olsa, buni zudlik bilan amalga oshirishi, shundan keyin bevosita boshliqni
xabardor qilishi kerak. Nosozlikni bartaraf qilish xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
19. Elektr qurilmasining ishidagi har bir buzilish ishlab chiqaruvchi zavodning yo‘riqnomalariga ko‘ra
tekshirilishi va hisobga olinishi shart.
Tekshirish materiallari asosida elektr qurilmalarining ishida shunga o‘xshash buzilishlarning oldini olish
bo‘yicha avariyaga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerak.
Elektr qurilmalari ishidagi buzilishlar uchun quyidagilar shaxsan javobgardir:
bevosita elektr qurilmaga xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodimlar − ularning aybi bilan yuz bergan buzilishlar
uchun, shuningdek, ular tomonidan xizmat ko‘rsatish uchastkasida elektr qurilmaning ishidagi buzilishlar
noto‘g‘ri bartaraf etilganligi uchun;
uskunani ta’mirlayotgan ta’mirlovchi va tezkor ta’mirlovchi xodimlar — ta’mirlash sifati pastligi tufayli kelib
chiqqan ishdagi buzilishlar uchun;
korxonaning, tarkibiy bo‘linmalarning bosh muhandislari va energetiklari, elektr sexi boshliqlari va
energetika xizmatining boshqa MTX — ularning aybi bilan elektr qurilmalarni ishlashida yuz bergan buzilishlar
uchun, texnologik xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari, elektrotexnologik uskunalarni ekspluatatsiya qilishdagi
buzilishlar uchun, shuningdek, o‘z vaqtida va qoniqarli texnik xizmat ko‘rsatish hamda avariyaga qarshi chora-
tadbirlarning bajarilishi ta’minlamagani uchun.
20. Har bir baxtsiz hodisa, shuningdek, XTQ buzilishining boshqa holatlari o‘rnatilgan tartibda sinchiklab
tekshirilishi, ularning paydo bo‘lish sabablari, javobgar shaxslar aniqlanishi va bunday holatlarning oldini olish
uchun choralar ko‘rilishi shart.
21. Elektr tokidan shikastlanishdan yuzaga kelgan baxtsiz hodisalar uchun bevosita qoidalarni buzgan
xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar va baxtsiz hodisalar yuzaga kelishi holatini istisno etuvchi tashkiliy-texnik tadbirlar
bajarilishini ta’minlamagan ma’muriy-texnik xodimlar mas’uldir.
22. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi uchun davlat energetika nazorati “O‘zenergoinspeksiya” va
uning hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Korxonalarda mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishini tekshirish va nazoratni, “O‘zenergoinspeksiya” va
uning hududiy bo‘linmalaridan tashqari, korxonaning xavfsizlik texnikasi bo‘limlari va yuqori turuvchi tashkilotlar
amalga oshiradilar.
Dostları ilə paylaş: