komissiyada bilim tekshiruvidan o‘tgan mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis (xavfsizlik
texnikasi va mehnat muhofazasi bo‘limi vakili), energetika xizmati vakili tarkibidan iborat komissiya tomonidan;
v) qolgan muhandis-texnik xodimlar uchun mazkur Qoidalarning ushbu bandi
“b” kichik bandiga
muvofiq
kimissiyada bilim tekshiruvidan o‘tgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha V guruhga (yoki 1000 V gacha kuchlanishli
elektr qurilmalari uchun IV guruhga) ega komissiya tekshiruvidan o‘tgan shaxs — rais va energetika xizmati,
mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limi yoki kasaba uyushmasi vakilidan iborat komissiya tomonidan;
g) qolgan elektrotexnik xodimlar uchun tarkibi korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan
belgilangan va tasdiqlangan bir necha komissiyalar tuzilishi mumkin;
d) korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning bilimlari sinovini “O‘zenergoinspeksiya” inspektori
ishtirokida ta’sischi korxona malaka komissiyasida o‘tkazishga ruxsat etiladi;
e) O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanoat xavfsizligi davlat
qo‘mitasi) nazoratidagi elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatayotgan yoki ularni ekspluatatsiyasini boshqarayotgan
rahbarlar va muhandis-texnik xodimlarning bilimlari sinovi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakili ishtirokida
o‘tkazilishi shart. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakillari komissiyada ishtirok etishi uchun komissiya faoliyati
haqida kamida 5 kun oldin xabardor qilinishi kerak. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakili kelmagan holda,
komissiya uning ishtirokisiz faoliyat ko‘rsatadi.
Birlamchi bilim sinovidan tashqari barcha turdagi sinovlarda kompyuter texnikasidan foydalanishga ruxsat
beriladi; bunda bilimlar sinovi jurnalidagi yozuvlar bekor qilinmaydi.
Yuqorida keltirilganlarda:
navbatdagi tekshiruv vaqti bilimlar oxirgi tekshirilgan sanaga mos ravishda belgilanadi;
“O‘zenergoinspeksiya” va mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi xizmati vakillari
“b”
,
“v”
va
“g” kichik
bandlarda
ko‘rsatilgan xodimlar bilimi tekshiruvi komissiyalarida o‘z xohishlariga ko‘ra ishtirok etishlari mumkin;
“b”
va
“v” kichik bandlardagi
komisciya tarkibini korxonaning bosh muhandisi tasdiqlaydi.
35. Qoidalar bo‘yicha bilimlar sinovi sinalayotgan xodim ishlayotgan korxona komissiyasida o‘tkazilishi shart.
34-bandning
“d” kichik bandida
ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno. Biror-bir boshqa komissiyada bilimlar
sinovini o‘tkazilishi man etiladi.
36. Har bir xodimning bilimlari sinovi alohida o‘tkaziladi va rasmiylashtiriladi. Bilimlar sinovi natijalari
o‘rnatilgan shakldagi jurnalga kiritiladi hamda komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.
Bilimlar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimga elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli guruh (II — V) berilgan
holda bilimlar tekshiruvi haqida belgilangan shakldagi guvohnoma beriladi.
Guvohnoma u yoki bu elektr qurilmalariga ma’muriy texnik xodim sifatida tezkor, ta’mirlovchi yoki tezkor-
ta’mirlovchi huquqlari bilan xizmat ko‘rsatish, tezkor, ta’mirlovchi yoki tezkor-ta’mirlovchi, shuningdek, elektr
xavfsizligi bo‘yicha II va undan yuqori guruhga ega elektr-texnolog xodim sifatida xizmat ko‘rsatish huquqini
beradi.
Agar tekshirilayotgan xodim bir vaqtning o‘zida maxsus ishlarni bajarish huquqini beruvchi bilimlar
tekshiruvidan o‘tgan bo‘lsa, bu haqda bilimlar sinovi jurnalida va guvohnoma grafasida belgilab qo‘yiladi.
Elektr qurilmalariga javobgar shaxsning bilimlarni sinovdan o‘tkazgan komissiyada elektr xavfsizligi
bo‘yicha IV guruh hajmida bilimlar sinovidan o‘tgan elektr qurilmalarini nazorat qiluvchi mehnat muhofazasi va
xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandisga mazkur korxona elektr qurilmalari ustidan nazorat olib borish huquqini
beruvchi guvohnoma beriladi.
Mazkur Qoidalar, XTQ va mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimlar
tekshiruvidan o‘tmagan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandisga, elektrotexnik xodimlarga hech qanday
ko‘rsatmalar berishga ruxsat etilmaydi.
37. Ishga yangi qabul qilingan, qoidalar va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tmagan yoki
muddati o‘tgan bilimlar sinovi guvohnomasiga ega elektrotexnik xodimlar (
32-bandda
ko‘rsatilgan
guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish hollaridan tashqari) elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruhga ega
shaxslarga tenglashtiriladi.
Elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruh, shuningdek, elektr tokidan shikastlanish xavfi yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, elektrotexnik bo‘lmagan xodimlarga ham beriladi.
38. Elektrotexnik bo‘lmagan xodimlarga elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruh har yili korxona, sex, uchastka
elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs yoki uning yozma ko‘rsatmasiga binoan III dan past bo‘lmagan elektr xavfsizligi
guruhiga ega shaxs tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan qurilmada xavfsiz ishlash usullari tekshirilgandan keyin
beriladi. Elektr havfsizligi bo‘yicha I guruh berilishi maxsus jurnalda tekshiruvchi va tekshirilayotgan imzosi bilan
rasmiylashtiriladi.
Bunda bilimlar sinovi haqida guvohnoma berilishi talab qilinmaydi.
Ishlash jarayonida I guruh xodimlari har yili bilimlar sinovidan tashqari davriy ravishda yo‘riqdan o‘tadilar.
39. Elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruhga ega shaxslar, II — V guruhga ega shaxslar o‘tkazayotgan
elektrotexnik qurilmalarni ta’mirlash, sozlash va sinash bo‘yicha ishlarda, faqat XTQda ko‘rsatilgan hollarda
ishtirok etishlari mumkin.
40. Elektr xavfsizligi bo‘yicha I va undan yuqori guruhga ega elektrotexnologik xodimlar bilimlarining o‘z
vaqtida sinalishiga korxonaning uchastka, sex va boshqa tarkibiy qismlari rahbarlari javobgardir.
41. Korxonada elektrotexnik xodimlar bilan ularning malakasini, mazkur Qoidalar, XTQ, EQTQ va mehnatni
muhofaza qilish yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimlarini oshirishga, ilg‘or tajribani va elektr qurilmaga xizmat
ko‘rsatishning xavfsiz usullarini o‘rganishga, avariya va shikastlanishning oldini olishga qaratilgan muntazam ish
olib borilishi shart.
Tashkil etilayotgan texnik o‘qish hajmini, avariyaga qarshi mashg‘ulotlarni o‘tkazish zarurligini korxonaning
elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: