21. KTQlarining shkaflari ichida mazkur Qoidalarga 10-ilovaning
20-bandidagi
ko‘rsatmalarga muvofiq ishlar
bajarilganda quyidagilarga ruxsat etiladi:
erga ulagich pichoqlar bilan o‘chirgichning aravachasi orasida blokirovka bo‘lsa, aravachani ushbu
pichoqlar ulangandan so‘ng nazorat holatiga o‘rnatish;
erga ulagich pichoqlar bilan o‘chirgichning aravachasi orasida blokirovka bo‘lmasa, shuningdek, shkaflar
ichida erga ulagich pichoqlar bo‘lmagan taqdirda, shu holatda qulflab qo‘yish sharti bilan aravachani tortib
chiqarilgan holat bilan nazorat holati oralig‘idagi holatga keltirish. Aravacha ulanmaning chiqish qismlari erga
ulanganligi yoki erga ulanmaganligidan qat’i nazar, oraliq holatda qoldirilishi mumkin.
22. KTQlaridan tashqarida undan chiquvchi HL va KLlarda yoki ularga ulangan uskunalarda elektr
dvigatellar bilan ulangan mexanizmlarni ham qo‘shib hisoblaganda ish olib borilmagan hollarda yoki bu
ulanmaga KTQning shkafi ichida erga ulagich o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘chirgichli aravachani nazorat holatiga chiqarib,
uning boshqaruv va himoya zanjirida ishlashiga va o‘chirgichni tekshirish uchun ishlatib ko‘rishga ruxsat beriladi.
Dostları ilə paylaş: