59. Kabelni elektr toki bilan isitish uchun 380 V dan yuqori kuchlanishdan foydalanish mumkin emas.
60. Kabelni va muftalarni faqat kabel tarmoqdan uzilganidan so‘nggina boshqa joyga ko‘chirish mumkin.
61. Kuchlanish ostidagi kabellarni boshqa joyga qo‘chirishga quyidagi shartlar bajarilgandagina ruxsat
etiladi:
qo‘chirilishi kerak bo‘lgan kabelning harorati 5 °C dan kam bo‘lmasligi;
qo‘chirilishi kerak bo‘lgan kabel bo‘lagidagi mufta yog‘och taxtaga halqasimon qisqichlar bilan qattiq
mahkamlangan bo‘lishi;
ish mobaynida dielektrik qo‘lqop kiyib, ustidan mexanik shikastlanishdan himoya qilish maqsadida brezent
qo‘lqop kiyib ishlanishi;
ishlar kabel o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan ishchilar tomonidan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V
guruhga ega bo‘lgan, kuchlanishi 1000 V dan kam bo‘lgan kabellarda esa kamida IV guruhga ega shaxs
rahbarligi ostida bajarilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: