i) lampani faqat qaysi yonilg‘i turi bilan ishlatilishiga ruxsat berilgan bo‘lsa, shu yonilg‘i turi bilan to‘ldirish
shart.
5-bob. O‘lchov asboblari, releli himoya qurilmalari, ikkilamchi zanjirlar, avtomatika, telemexanika va aloqa
qurilmalarini montaj va ekspluatatsiya qilish
Elektr energiyasini hisobga olish asboblari bilan ishlash
74. O‘lchov asboblari va releli himoya qurilmalari zanjirlarida o‘tkaziladigan ishlarning xavfsizligini
ta’minlash uchun tok va kuchlanish o‘lchov transformatorla-rining barcha ikkilamchi chulg‘amlari doimiy
ravishda erga ulangan bo‘lishi kerak. Releli himoyaning murakkab sxemalarida tok transformatorlarining bir-biri
bilan elektr jihatidan bog‘langan bir guruh ikkilamchi chulg‘amlarini ularning soni qancha bo‘lishidan qat’i nazar,
faqat bir nuqtada erga ulashga ruxsat etiladi.
Rele va o‘lchov asboblarining tok zanjirini uzish zarurati paydo bo‘lgan taqdirda, tok transformatori
ikkilamchi chulg‘amining zanjiri maxsus mo‘ljallangan qisqich yordamida oldindan qisqa tutashtirilib qo‘yilishi
kerak.
75. Tok transformatori bilan qisqa tutashtirgich o‘rnatilgan qisqichlar o‘rtasidagi zanjirlarda uzilishga olib
kelish mumkin bo‘lgan ishlarni bajarish taqiqlanadi.
76. Tok transformatorlari yoki ularning ikkilamchi zanjirida ishlash paytida quyidagi xavfsizlik choralariga
rioya etilishi lozim:
a) birlamchi zanjirlarning shinalarini montaj ishlarini olib borishda yordamchi tok o‘tkazgichlar sifatida yoki
payvandlash ishlarini olib borishda tok o‘tkazuvchi zanjirlar sifatida ishlatmaslik zarur;
b) o‘lchov va himoya zanjirlarini ko‘rsatilgan tok transformatorlarining qisqichlariga ikkilamchi sxemadagi
montaj ishlari to‘la tamomlanganidan so‘nggina ulash kerak;
v) qutblarni tekshiruvchi asboblarni tekshirish uchun birlamchi chulg‘amga tok impulsi berishdan oldin
birlamchi chulg‘amini ikkilamchi chulg‘am qisqichlariga mustahkam ulab qo‘yilishi zarur.
77. Releli himoya, elektroavtomatika va telemexanika (keyingi o‘rinlarda — RHA va T) qurilmalari zanjirida
ishlar ijro sxemalari bo‘yicha bajarilishi kerak. Sxemasiz, xotiraga tayangan holda ishlash qat’iyan man etiladi.
78. RHAvaT qurilmalarida ishlarni bajarishda dastaklari izolatsiyalangan chilangarlik-montaj asbob-
uskunalaridan foydalanish zarur.
79. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmasi xonasida o‘lchov, signalizatsiya, boshqaruv va
himoya zanjirlarini tekshirish jarayonida zarur bo‘lgan hollarda ishlash sharoitlariga qarab, brigada tarkibidan
bitta shaxs qoldirilishi mumkin (masalan, o‘chirgichlarni rostlash, izolatsiyasini tekshirish); bunda ish
bajaruvchidan ajratilgan shaxs elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lishi lozim; ish bajaruvchi
unga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha zarur ko‘rsatmalarni berishi kerak.
80. Kuchlanish transformatorlari zanjirlarida begona manbadan kuchlanish berib ishlanganda, yuqori va
past kuchlanish tomonidan o‘rnatilgan saqlagichlar olinishi va ikkilamchi chulg‘amdagi avtomatlar uzib qo‘yilishi
lozim.
81. Asosiy uskunalarning ulangan holatida RHAvaT apparaturasida yoki zanjirlarida biror ishlarni bajarish
zarur bo‘lsa, uning to‘satdan uzilib qolishiga qarshi qo‘shimcha choralar ko‘rilishi zarur.
82. Rele apparaturasi joylashtirilgan panellarda yoki uning yonida rele apparaturalarining qattiq silkinishiga
olib keladigan, relelarning xatolik bilan ishlash xavfini tug‘diradigan ishlarni bajarish taqiqlanadi.
83. RHAvaT qurilmalarini tekshirish va sozlash uchun zarur bo‘lgan o‘chirgichlarni, ajratkichlarni va boshqa
apparaturalarni almashlab ulash, ulash va o‘chirish, agregatlarni ishga tushirish va to‘xtatish, ularning ish rejimini
sozlash faqat tezkor xodimlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
84. Boshqaruv shchiti va taqsimlash qurilmasida o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish asboblari va
boshqa o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlarini yozib olish quyidagi shaxslarga ruxsat etiladi:
doimiy tezkor xodimlar (ikki kishilik navbatchilik) bor bo‘lganda, korxonaning tezkor xodimlari jumlasidan
elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs yakka o‘zi va doimiy tezkor xodimlar
bo‘lmaganda — elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs yakka o‘zi amalga oshirishi
mumkin;
boshqa tashkilotlarning xodimlari elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan mahalliy tezkor
xodim kuzatuvi ostida amalga oshirishlari mumkin.
85. O‘lchov transformatorlariga ulangan elektr energiyasini hisobga olish asboblari va boshqa o‘lchov
asboblarini o‘rnatish va yechib olish naryad bo‘yicha kuchlanish olinib, ikki shaxs tomonidan bajarilishi, ulardan
biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, ikkinchisi esa kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak
Tok zanjirlarini xavfsiz tutashtirish imkonini beruvchi maxsus qisqich yoki sinash bloki o‘rnatilgan taqdirda,
ushbu elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o‘rnatish va yechib olish hamda ularni tekshirish yuqoridagi
shaxslar tomonidan farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.
86. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadigan elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o‘rnatish va yechib olish elektr
xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs tomonidan farmoyish bo‘yicha bajarilishiga ruxsat
etiladi.
Elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o‘rnatish yoki yechib olish hamda o‘lchov asboblarini tekshirish
uchun ulash ishlari kuchlanish olinib bajarilishi kerak.
87. Bir xonada joylashgan turli ulanmalarning elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o‘rnatish va
yechib olish bitta naryad (farmoyish) bo‘yicha bitta ish joyidan boshqa ish joyiga o‘tishni rasmiylashtirmasdan
bajarilishi mumkin.
88. “O‘zenergoinspeksiya”ning xodimlari iste’molchilarning elektr qurilmalaridagi elektr energiyasini
hisobga olish asboblari zanjirlaridagi ishlarni Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
qoidalariga muvofiq bajarishi kerak.
89. O‘lchov asboblarini ulash, o‘lchov transformatorlariga elektr energiyasini hisobga olish asboblarini ulash
va yechib olish tok zanjirlarini xavfsiz tutashtirish imkonini beruvchi sinash bloklari yoki maxsus qisqichlar
bo‘lganda, kuchlanish va yuklamani olmasdan bajarilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: