yoki unga ko‘tarilish taqiqlanadi.
Yuk ko‘tarish mashinasi yoki mexanizm yongan taqdirda, haydovchi uni qo‘li bilan ushlamasdan, baravariga
ikki oyog‘i bilan erga sakrab tushishi va bir oyoqda sakrab yoki oyoq kafti uzunligidan oshmagan mayda qadam
bilan yurib, undan eng kamida 8 metr masofaga uzoqlashishi zarur.
147. Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari yordamida ish bajarilganda, ko‘tarilayotgan yuk,
tortilayotgan sim, tortuvchi tros va tortkich, teleskopik minora kajavasi ostida, shuningdek, tortilayotgan
tomondan tayanchlar va tirgovichlarga bevosita yaqin joylarda odamlarning turishi taqiqlanadi.
148. Teleskopik minoradan (gidroko‘targichdan) turib ishlaganda, mashina haydovchisi bilan teleskopik
minora kajavasidagi brigada a’zosi bir-birini ko‘rib turishi zarur. Bunday aloqa bo‘lmaganda, teleskopik minora
yaqinida kajavani yuqoriga ko‘tarish yoki pastga tushirish to‘g‘risidagi buyruqni haydovchiga yetkazib turuvchi
uchinchi brigada a’zosi qo‘yilishi shart.
149. Har doim ish boshlashdan oldin ish bajaruvchi yuk ko‘taruvchi mashinalar, mexanizmlar va yordamchi
yuk iladigan moslamalarning sozligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Tashqariga chiqarib o‘rnatiladigan tayanchlar bilan jihozlangan yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari
ish jarayonida o‘rnatilishi shart.
Teleskopik minora va gidroko‘targichlar yordamida ishlarni bajarishdan oldin ularning surilma va
ko‘tariladigan qismlari amalda tekshirib ko‘rilishi, teleskopik minoralarda esa bundan tashqari ko‘taruvchi qismi
tik holatga keltirilib, shu holatda mahkamlab qo‘yilishi shart. Teleskopik minoradan (gidroko‘targichdan) turib
ishlashda, kajava polida turish va himoya kamarining arqoni bilan kajavaga bog‘langan holda turish zarur.
Kajavadan (osma belanachakdan) tayanchga yoki uskunaga o‘tish va qayta orqaga o‘tish faqat ish
bajaruvchining ruxsati bilan amalga oshirilishiga ruxsat etiladi.
150. Burchak tayanchlardagi izolyatorlarni va simlarni almashtirish hamda armaturalarni ta’mirlash bilan
bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarishda teleskopik minorani (gidroko‘targichni) simlardan hosil bo‘lgan burchak ichiga
o‘rnatish man etiladi.
151. Yuk ko‘tarish mashinasi yordamida yuklarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan arqon yoki trosning xavfli
masofaga (yuksiz) chayqalishini keltirib chiqaradigan shamol esganda ishlarni bajarish taqiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: