CENTRAL
ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ ISSUE 1
ǀ 2022
10
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
Ushbu asar Ahmad Yugnakiyning bizgacha yetib kelgan yagona asaridir. Asar oʻzidan
oldin yaratilgan pand-nasihat ruknidagi asarlarga hamohang tarzda yaratilib, oʻzbek
mumtoz adabiyoti durdonalaridan biriga aylandi. Asarni qadimgi turkchadan Bahrom
Gʻoyib tarjima qilgan. Shu sababli mutolaa davomida kitobxon notanish soʻzlarga duch
kelmaydi va baytlar ma'nosi oson anglashiladi.
Ahmad Yugnakiy oʻzini shoir emas, adab muallimi deb ataydi. Asar xotimasida
adibning oʻzi asarni yozishdan maqsadini quyidagicha bayon etadi:
Xaloyiqqa ibrat, taʼlim berguvchi,
Kitob bitdim, odobga chaqiruvchi.
Tenglasa arzirli soʻzga tenglasin,
Oʻz qadrini misli durday terguvchi[1].
Yuqoridagi misralardan ma'lum boʻladiki, adibning bu kitobni yozishdan maqsadi
insonlarni
odob-axloqqa chaqirish,ayniqsa, yosh avlodni tarbiyalashdan iborat. Asarni
mutolaa qilar ekanmiz, adib oʻz oldiga qoʻygan maqsadiga erishganiga, ya'ni har
taraflama yetuk asar yaratilganligiga amin boʻlamiz.
Asar boshlanmasi anʼanaviy tarzda, ya'ni
Allohga hamd, paygʻambarimiz
Muhammad sollallohu alayhi vasallamning madhi bilan boshlangan. Soʻngra:
Choriyorlarga ham salom yoʻllayman,
Tirikman, ularning yoʻlin qoʻllayman[2].
- deya choriyorlar ya'ni xalifalarga ham madh aytiladi. An'anaviy boshlanmadan soʻng
ulugʻ amir Dod Sipohsolarbekning ta'rif-tavsifini keltiradi. Hukmdordagi behisob
fazilatlarni sanar ekan, undagi sahovatpeshalik va adolatparvarlik sifatlarini ulugʻlaydi.
Asarda Dod Sipohsolarbek nafaqat odil podshoh, balki
komil inson sifatida ham
gavdalanadi.
Ilm-ma'rifatga chorlash barcha davrlar adabiyotining eng dolzarb mavzusi
boʻlgan. Sevikli payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam: “Ilm
talab qilish har bir muslim uchun farzdir”, deganlar. Demakki, ilm olish inson
hayotidagi zaruriyatlardan biri. Ilm inson
hayotini oftob misol yoritadi, koʻnglini
ravshan qiladi, aqlini yanada oʻtkir qiladi. U bizni kamolot sari yetaklaydi. Jaholat
yaralagan, soʻqir koʻngil koʻzimizga malham boʻlguvchi ham ilmdir. Ahmad Yugnakiy
oʻz asarida
ilm saodatga yetaklashini, baxtning kaliti ilmda ekanligini ta'kidlaydi.
Barcha zamonlarda ham ilm sohiblari va ularga qarama-qarshi tarafda johillar ham
boʻlishgan.Muallif bilimli va bilimsiz insonlarni taqqoslar ekan,
bilimli tillo dinorga
(pul) ga qiyoslansa bilimsiz, johil odam xalq orasida doim xor-u zor boʻlishi aytiladi.
Suyakning koʻrki ilik boʻlganidek, insonning koʻrki uning aqli, ilmi ekanligi
ta'kidlanadi. Ilmli fozillar bu dunyodan koʻz yumishsa-da
ularning nomi barhayot
boʻlishi, johillar tirik boʻlsa-da ularning el orasida hurmati va oʻrni boʻlmasligi
tasvirlanadi.
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ ISSUE 1
ǀ 2022
Dostları ilə paylaş: