D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

KAMOLOT 
Inson kamolotga erishmoq kerak. Buning uchun har qanday harakterni 
ham o‘zgartirsa bo‘ladi. Agar inson chinakamiga istasa, o‘zini ayamasa, 
qanoat, iqtidor, hatto jismoniy kuchni ham o‘zida topish mumkin (28 ta 
so‘z).
MUNOSABAT 
Mashhur nemis yozuvchisi Gyote aytganidek: Yaqin kishilarimizga 
o‘zlariga munosib muomala qilib, biz ularni battar buzamiz. Agar biz 
ularga o‘zlaridan ko‘ra yaxshiroq munosabatda bo‘lsak, ularga yaxshi 
odamlar deya yondoshsak, ularni biz yanada yaxshiroq bo‘lishga majbur 
etamiz (35 ta so‘z).
HISSIZ KISHI 
Dunyoda shunday odamlar borki, ular o‘z tuyg‘usi va ehtiyojlari 
haqida safsata sotib, aslida o‘zini ko‘z - ko‘z qilishdan bo‘lak hech qanday 
tuzuk ehtiyoji va tuyg‘usi bo‘lmaydi. Bunday hissiz va quruq 
kishilarninggina hayoti bo‘sh va nursiz bo‘ladi. Bunday kishilarning hech 
kimga foydasi tegmaydi (42 ta so‘z).
QADR-QIMMAT 
Har bir odam o‘zining va o‘zgalarning vaqtini tejay bilmasligi – o‘ta 
ketgan madaniyatsizlikdir. Har doim vaqtim yo‘q deguvchi kishilar aslida 
hech narsa qilmaydilar. O‘z vaqtining loaqal bir soatini behudaga 
o‘tkazmoqchi bo‘lgan kishini hayotning butun qadr - qimmatini hali 
tushunib yetish darajasiga bormagan desa bo‘ladi. Hech bir ishni ertaga 
qo‘yma – vaqtning qadriga yetganlarning ustunligi ham, siri ham shunda 
(56 ta so‘z).
BAXT 
Baxt… Baxt haqida buyuk ajdodlarimizning turli fikrlari mavjud. 
Baxt mavhum tushuncha bo‘lib, bir g‘arb yozuvchisi shunday fikrlarni 
keltiradi: Agar faqat baxtli bo‘lish maqsad qilib qo‘yilsa, bunga tezda 
erishish mumkin. Lekin odamlar ko‘pincha boshqalardan ko‘ra baxtliroq 
bo‘lishni istaydilarki, buning deyarli iloji yo‘q, chunki aslida bizga 
o‘zgalarning baxti ko‘proq bo‘lib tuyuladi (49 ta so‘z). 


26 
DONO ODAM 
Ulug‘larning aytishicha: Dono odamning hislati uch narsada namoyon 
bo‘ladi: birinchisi, boshqalarga bergan maslahatiga o‘zi ham amal qiladi, 
ikkinchisi hech qachon haqiqatga qarshi bormaydi va uchinchisi, o‘z 
atrofidagi odamlarning nuqsonlariga sabr - toqat bilan chidaydi (34 ta 
so‘z). 
VATAN MADHI 
Eng go‘zal va dilbar qo‘shiqlar ham Vatan haqidagi qo‘shiqlardir. 
Bunday jozibador qo‘shiqlar el-elatlarni birlashtiradi, ularni tinch-totuv va 
osoyishta yashashga, Vatanni har jihatdan yuksaltirishga, ko‘z 
qorachig‘idek avaylab-asrashga va ko‘ksini qalqon qilib himoya qilishga 
da’vat etadi (34 ta so‘z). 
TARBIYA 
Tarbiya – boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan 
bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqoro etib yetishtirish 
uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga 
javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak (Islom 
Karimov) (32 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin