27
KUCH – BILIMDA
Xalqimizda «Kuch – bilimda!» degan gap bor.
Albatta, to‘g‘ri. Bilimsiz odam hech narsaga erisholmaydi,
aksincha,
hayotda yutqazadi. Ayniqsa, hech narsa o‘qimaydigan, johil kimsalar faqat
bugunini o‘ylab, hayotdan orqada qoladi. Shu bois, bilim olishga astoydil
kirishmoq darkor! Orzularga erishishning yagona yo‘li shu
(Gazetadan)
(40 ta so‘z).
QIZLARGA
Ey hurmatli qizlar! Ey izzatli qarindoshlar! Sizlarga ma’lumdirki,
go‘zal xulqli qiz bola butun oila uchun ulug‘ boylik va saodatdir.
O‘qimishli, xulqini tarbiya qilgan qiz bola oltindan qimmatli, injudan
qadrli bir boylikdirki, bu kabi qizlarning ismlari
eng yiroq qarindosh-u
tanishlarga qadar yetadi.
(Rizouddin ibn Faxruddin) (40 ta so‘z).
BOBUR
Bobur temuriylar sulolasining so‘nggi yirik vakili edi. U tadbirkor va
jasur lashkarboshi,
dono va adolatli hokim, fozil va o‘qimishli inson,
ajoyib lirik shoir, ilmning turli sohalaridan yaxshigina xabardor bo‘lgan
yetuk olim edi. Uning «Boburnoma» asari
haligacha sharqdagi voqeot
janrining beqiyos namunasi bo‘lib kelmoqda
(F. Sulaymonova) (43 ta
so‘z).
Dostları ilə paylaş: