D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

SOG‘LOM TANDA – SOG‘ AQL 
Kishi sog‘lom bo‘lishi uchun sport bilan shug‘ullanishi lozimligini 
hamma yaxshi biladi. 
Men ham shunga amal qilaman. Har tong badantarbiya qilaman. 
Yugurish-jon-u tanim. Hovlida maxsus burchak tashkil etganman. U yerda 
turnikda tortilaman, tosh ko‘taraman. 
Men kurash bilan shug‘ullanaman. Ilgari yunon-rim kurashi, erkin 
kurash, sambo bo‘yicha musobaqalarda qatnashardim. Yaqinda milliy 
kurashimiz bo‘yicha shahar birinchligida g‘olib bo‘ldim. Kurash nafaqat 
jismoniy, balki ma’naviy kuch manbai ham. 
Oilamizda hamma sportchi. Dadam og‘ir atletikachilar. Oyim badiy 
gimnastika bilan shug‘ullanganlar. Shuning uchun bo‘lsa kerak, oilamizda 
hech kim hech qachon kasal bo‘lmaydi (80 ta so‘z). 
BAXTLI BO‘LSAYDI…” 
Yo‘l yoqasida bir gadoy tilanchilik qilib o‘tirar edi. Bir odam uning 
yonidan o‘tib keta turib, gadoyning yelkasiga musht tushirdi va yo‘lida 
davom etdi. Gadoy uning orqasidan qarab: 
- Baxtli bo‘l! – dedi. 
Buni ko‘rib turgan yo‘lovchi: 
- U seni ursa-yu, sen unga baxt tilasang, bu qanaqasi? – deb so‘radi. 
Shunda tilanchi: 
- Agar u baxtli bo‘lganida edi, meni urmasdi! – deb javob berdi (60 ta 
so‘z). 
 
ARI VA CHUMOLI 
Bir ari mashaqqat bilan bir donni tashib ketayotgan chumolini ko‘rib 
unga aytibdi: 
- Ey chumoli, nega buncha mashaqqatni ixtiyor etding? Kel, yaxshisi 
mening yeyish-ichishimga bir qara. Men xohlagan yerimga qunaman, 
xohlagan ovqatimni yeyman. Sen bo‘lsang, bitta don uchun shuncha 
mashaqqat chekasan, - dedi-da uchib borib bir qassobning sotib turgan 
go‘shti ustiga qo‘ndi. Qassob pichoq bilan bir urgan edi, u ikki nimta 
bo‘lib yerga tushdi. Chumoli darov kelib uning oyog‘idan tishlab uyasiga 
olib keta boshladi. Shunda ari: 
- Meni qayerga olib ketayotirsan? – deb so‘radi, chumoli: 


36 
- Mehnatsiz tekin tomoqlikning balosiga mubtalo bo‘lganning holi 
shunday kechadi, oxiri borib o‘zi-o‘ziga yem bo‘ladi, - deb javob berdi 
(100 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin