D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

5-SINF UCHUN MATNLAR 
O‘ZBEK MAQOLLARI 
Maqol xalq og‘zaki ijodiga oid janrlardan biri sanaladi. Maqollar 
shaklan qisqa bo‘lgani bilan ularda juda keng ma’no mujassam bo‘lgan. 
Tilimizning bu bebaho boyligini o‘rganish bilan ajdodlarimiz 
qadimdan shug‘ullanib kelganlar. 
Mashhur qomusshunos Mahmud Qoshg‘ariy XI-asrdayoq turkiy 
xalqlarning 400 ga yaqin hikmatli iborasini o‘zining uch jildlik lug‘atiga 
kiritgan. Ularning 250 dan ortiqrog‘i shakl va mazmuniga ko‘ra hozirgi 
o‘zbek tilidagidan farq qilmaydi. 
Adabiyotshunos olimlarimiz “O‘zbek xalq maqollari” kitobida 1800 ta 
maqolni 31 mavzuga ajratib tavsiflagan. 
Olimlarning aniqlashicha, har bir kishi taxminan 800 ga yaqin maqol 
va matallar haqida tushunchaga ega bo‘lar ekan (89 ta so‘z). 
VATAN 
Vatan – onaning allasi taralgan, beshigining izlari chizilgan zamin. 
Ajdodlaring ko‘milgan qabriston, ota-onangning izlari qolgan ko‘chalar, 
sening lahjangda so‘zlashadigan, qosh-u ko‘zi xuddi sening kabilar 
yashaydigan muqaddas zamin Vatandir. 
Ilk bor bahorni tanigan, birinchi marta varrak uchirgan, ilk bor 
hayitlik olgan joying, birinchi o‘qituvchi, birinchi muhabbatingni tanitgan 
muqaddas makon Vatandir. 
O‘z jonidan yaratgani uchun ham ona bolasini tishida tishlab o‘tadi. 
Vatan ham shunday: qadamlaringni ko‘ksiga qo‘yib, suyab yashaydi seni. 
Vatan mung‘aygan tandirli, pastakkina tomli kulbangdan boshlanadi. Unga 
bo‘lgan muhabbating ham shu ostonada tug‘iladi (T. Sodiqova) (84 ta 
so‘z).
ONA SHAHRIM SAMARQAND 
Samarqand - ko‘hna tarixiy obidalarga boy shaharlardan biri. Shunday 
obidalardan biri – Registon. U uchta salobatli binodan tashkil topgan. 
Bular: Ulug‘bek, Sherdor, Tillakori madrasalaridir. 


39 
Ulug‘bek madrasasi 1471 - yilda barpo etilgan. Bu bino Ulug‘bek 
qurdirgan madrasalarning eng kattasi va eng hashamatlisi edi. Bu madrasa 
o‘z davrida ilm-fanning yirik markazi bo‘lgan.
Sherdor madrasasi 1619 – 1636 - yillarda Samarqand hukmdori 
Yalanto‘sh Bahodirning topshirig‘i bilan qurilgan. Bahaybat peshtoq 
tepasida sher va ohular rasmi solingani uchun Sherdor madrasasi deb 
atalgan. 
Tillakori madrasasi 1647-1660 - yillarda qurilgan. U zarhal naqshlar 
bilan ishlangani uchun shunday nom olgan (90 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin