D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
MUSTAQILLIK BAYROG’I 
Serquyosh hur o'lkamiz ezgulikda o'zining madhiyasi, gerbi, bayrog'i, 
Konstitutsiyasiga ega. O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i Oliy 
Majlisning navbatdan tashqari o'tkazilgan VII sessiyasida 1991-yil 18-
noyabr kuni tasdiqlangan. 
Bayroqdagi oq rang muqaddas tinchlik ramzidir. Oq rang poklik
beg'uborlik, soflikni orzu va xayollar tozaligini bildiradi. Yashil rang 
tabiatning yangilanish ramzi. U ko'pincha xalqlarda navqironlik, umid va 
shodlik timsoli hisoblanadi. Qizil chiziqlar esa, vujudimizda jo'shqin urib 
oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir. 
Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an'analarimiz bilan bog'liq. 
Yulduzlar xalqlar uchun ilohiy timsol sanalgan. Davlat bayrog'idagi 12 
yulduz tasviri ham an'analarimiz, qadimiy quyosh yilnomasiga bevosita 
aloqadordir (92 ta so’z). 
 
SAXOVAT 
Bir muruvvatli saxiy odamning juda ko‘p doni bor edi. U turgan 
shaharda oziq-ovqat tangligi boshlandi. Saxiy odam hamma donlarini 
beva-bechoralarga ulashib tugatdi. Tanglik kuchaygach, o‘zi ham donga 
muhtoj bo‘lib qolibdi. Kishilar uni malomat qilishdi: 
– Qiziq odam ekansan, o‘zing muhtojlikka tushib qolishingni bila 
turib, nega donlaringni hammaga ulashib berib yubording? 
Saxiy kishi dedi: 
– Xalq och bo‘la turib, men rohatda yashasam, insofsizlik qilgan 
bo‘laman. Ochlik azobini xalq bilan barobar tortishni, xalq qayg‘usiga 
sherik bo‘lishni vijdonim buyurdi. Men vijdonim buyrug‘iga itoat qildim 
(100 ta so‘z). 
 
 


40 
IKKI YORTI BIR BUTUN 
Rivoyat qilishlaricha, bir ko‘r kishi bilan cho‘loq kishi katta suv 
yoqasida ko‘rishibdilar. Suv ustiga tashlangan yog‘ochdan o‘tishlari lozim 
edi. Shunda cho‘loq aytibdi: «Eh, birodar, men qanday o‘taman, 
o‘tolmayman, chunki oyog‘im yaramaydi». Ko‘r: «Agar ko‘zim bo‘lsa edi, 
o‘tardim», – dedi. Biror tadbir topishlari yoki birovdan yordam so‘rashlari 
kerak edi. Ikkalalari o‘tirib, biroz o‘yladilar. Shunda cho‘loq dedi: 
«Bo‘lmasa? Kel bundoq qilamiz, sen meni orqangga opichlab ol, senga 
yo‘l ko‘rsatib boraman. Oyoq qo‘yadigan yeringni ko‘rsatib turay. 
Shunday qilsak, ikkimiz ham o‘tib ketamiz». Shunday qilib, bir-birlarining 
yordami bilan ikki yorti bir butun bo‘lib, suvdan o‘tdilar. (90 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin