D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

6-SINF UCHUN MATNLAR 
SUV – BEBAHO BOYLIK 
Suvga tupurish, unga xas-xashak tashlash hamda isrof qilish qadimdan 
qoralangan. Biz ham bugungi kunda suvni tejab ishlatish, ariq va 
anhorlarga axlat tashlamaslik haqida uka-singillarimizga gapirib bersak, 
o‘zimiz ularga ibrat bo‘lsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Odam och-nahor 
bir necha kun yashashi mumkin, lekin suvsiz yashay olmasligini hamma 
biladi. 
Suv nafaqat hayot manbayi, shuningdek, hayotimizning ko‘rki hamdir. 
Bizning issiq mintaqamizda suvning o‘rni nihoyatda katta. Zilol suvlar 
oqib turgan ariqcha oldida bir zumgina o‘tiring, bahri dilingiz ochiladi. 
Sharsharani kuzating, ko‘zingiz dam oladi. Favvoradan sachragan suv 
tomchilari xuddi durdek sizga orom bag‘ishlaydi. Oddiy bir holat, kechki 
payt ko‘cha-hovlilarga suv sepib, hamma yoqni orasta qilib, muzdekkina 
qilib o‘tirishning fayziga nima yetsin? (105 ta so‘z). 
ODOBLI AYIQCHALAR 
Juda qalin va katta o‘rmonda bir ayiq oilasi yashar ekan. Ayiq 
polvonning uch bolasi bo’lib, bir-biridan aqlli, bir-biridan odobli edi. Ayiq 
polvonnikiga Arslon mehmon bo‘lib kelibdi. Ayiq mehmonni yong‘oq 
bilan siylamoqchi bo‘lib, katta o‘g‘liga yong‘oqqa chiqishni buyuribdi. U 
ko‘nmagach, o‘rtancha, so‘ngra kichik o‘g‘lidan iltimos qilibdi. Ular ham 
otasining gapini rad etishibdi. Arslonning jahli chiqib: 
-Bolalarim odobli degan eding-ku!-debdi. Shunda Ayiq polvon: 
-Yong‘oq tagidan sal nariroq ketaylik, – debdi. 


44 
Ular yong‘oq tagidan ketishi bilan ayiqchalar daraxtga tirmashib 
chiqishib birpasda mehmonning oldiga yong‘oq uzib qo‘yishibdi. Arslon 
bundan ajablangan ekan, ayiq: – Sababini katta o‘g‘limdan so‘ra, – debdi. 
Katta o‘g‘il: 
-Otamiz daraxt tagida edi. U turgan joyda uning tepasiga chiqish 
odobdan emas,-deb javob beribdi. (108 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin