D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
KULGU DARG‘ASI 
G‘afur G‘ulom etagini silkitsa, kulgi to‘kilardi. U kirgan xonadonda 
bir hovli kulgi qolardi. U har bir xonadonning ko‘pdan kutgan aziz 
mehmoni edi. Qayerga borsa, o‘sha yerda atrofini yosh-u qari o‘rab olardi. 
Donolar davrasida dono edi. Bedilni, Hofizni, Jomiyni sevib o‘qirdi. 
Ozarbayjon, tojik, turkman, uyg‘ur, qozoq, tatar, qirg‘iz tillarida bemalol 
gaplasha olardi. U hozirjavob odam edi. Dushanbadagi bir davrada aytgan 
gaplarini haligacha qoyil qolib eslayman. – Siz meni o‘zbek, Tursunzodani 
tojik deyapsizlar. Tojikning oti Tursun bo‘lsa, o‘zbekning oti G‘ulom 
bo‘lsa, uning tojikligi-yu, mening o‘zbekligim qayoqqa borardi? Yo‘q, 
birodarlar, biz hammamiz qardoshmiz. Milliy ayirmachilikni xayolimizga 
ham keltirmaymiz. Qarang, hatto ismlarimiz ham ayqash-chuyqash bo‘lib 
ketgan-a! (Said Ahmad) (101 ta so‘z). 
 
INSHO 
Adabiyot fanidan nazorat ishi bo’lishi kerak edi. Adabiyot 
o‘qitivchimiz Mahmud Ilhomov doskaga bir necha mavzuni yozib 
qo‘ydilar. Oxirgisi erkin mavzudagi insho ekan: «Mening Vatanim». 
Menga shu mavzu yoqdi. 
«Mening Vatanim» deb sarlavha qo‘ydim. Ancha vaqtgacha inshoni 
nimadan boshlash kerakligini bilmay o‘tirdim. Mahmud Ilhomovich 
qiynalib o‘tirganimni sezdi, shekilli, partalar orasidan asta-asta yurib, 
mening yonimga kelib to‘xtadilar. Daftarimga qaradilar. Hech narsa 
yozilmagan.
– Boshlab olish shunaqa qiyin bo‘ladi, - dedilar o‘qituvchimiz. Vatan 
haqida o‘qiganlaringni bir eslab ko‘rgin. Kecha yod aytib bergan 
she’ringdan boshlasang ham bo‘ladi.
E.Vohidovning «O’zbegim» she’rini yod aytib bergan edim. 
She’rning birinchi satrini sarlavhadan keyin epigraf qilib yozdim, 
shundan keyin fikr quyilib kelaverdi… (103 ta so‘z
 
 


45 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin