47
Kolumb ulug‘ ajdodimiz g‘oyasiga tayanib, Amerika qit’asini kashf etgan.
(109 ta so’z).
LUQMONI HAKIMNING O‘Z O‘G‘LIGA NASIHATLARI
Luqmoni Hakim o‘z o‘g‘liga aytdi: «Qarindosh-urug‘lardan aloqangni
uzma, o‘ylab ish tut, odamlarni g‘iybat qilma, odamlar yomon ishga bosh
qo‘shsa, ularga qo‘shilma. Shoshilib ish tutma, boylik deb o‘zingni g‘am-
qayg‘uga tashlama. O‘z qadrini bilmagan odamdan yaxshilik umid qilma.
O‘tirishlarda o‘z joyingni bil, odamlarning so‘ziga quloq sol, odamlar
so‘rasa gapir, o‘zingdan ulug‘lar
oldiga tushib yurma, odamlar ichida
boshingni quyi egib o‘tirma, o‘ng-u chapga qarayverma.
Mehmonlar
oldida birovga o‘shqirma, mehmonga esa ish buyurma. Mast va devona
odamlar bilan hamsuhbat bo‘lma. Bekorchi odamlar bilan ko‘chada
o‘tirma.
O‘z foydangni o‘ylab obro‘yingni to‘kma. O‘ziga bino qo‘yuvchi
takabburlardan bo‘lma. Xusumatdan uzoq bo‘l, jang-u janjaldan qoch.
Senga ish buyursalar – bajar, va’da qilsang – albatta bajar.
Hech kimni
ranjitma». (
«Hikmatlar qonuni» dan)(108 ta so’z).
Dostları ilə paylaş: