49
- Ko’ylagimning etagi yirtilib qolibdi. Shuni tikib olmoqchiman. Toki
yonimdan o’tib ketayotgan ustimdan kulmasin. Sharm-xayoli bo’lib
o’lmoqchiman, - debdi.
Ayol ollohning betakror mo’jizasi. Ayol sirli bir kitob, varaqlaganing
sari qizig’i chiqaveradi. Yil fasllari faqat 4 ta, ayolning esa 1001 ta fasli
bor. Uni butkul tushinib yetgan yo’q bu jahonda.
Uni tomosha qilib
zerikkan inson yo’q bu jahonda. Unga ishi tushmagan kishi yo’q. Ayolni,
onani tushunishning o’zi bir olam. Bu ilmga yetishganlar qancha ko’paysa,
baxtli onalar shuncha ko’payajakdir
(113 ta so’z).
ILM
Ilm deb, o‘qish va yozishni bilish, har bir kerakli narsalarni
o‘rganmoqqa aytiladi. Ilm – dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm
inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o‘z
ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsatadi. Zehnimizni, fikrimizni
qilich kabi o‘tkir qiladi. Savobni gunohdan, halolni haromdan, pokni
nopokdan ajratib beradi. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir.
Chunki
ilmsiz kishilar ota-onasiga, qarindosh-urug‘iga, yor-do‘stiga, din va
millatiga foyda
yetkazmoq bir yoqda tursin, o‘ziga lozim bo‘lgan toat-
ibodatni ham loyig‘icha qila olmaydi. Ilmning foydasi shu qadar ko‘pki,
ta’riflagan bilan ado qilish mumkin emas. Bizlarni jaholat qorong‘uligidan
qutqaradi. Madaniyat, insoniyat, ma’rifat
dunyosiga chiqarib, yomon
fe’llardan, bema’ni ishlardan qaytaradi. Yaxshi xulq va adab sohibi qilib,
Alloh taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttiradi.
Payg‘ambarimiz: “Ilmga amal qiluvchilardan bo‘lingiz, naql va
rivoyat qiluvchilardan bo‘lmangiz”, - deganlar:
Ilm bir daryo – ichi to‘lmish
duru gavhar bilan,
Qiymatu qadrini qachon bilgan oni jahil yilon.
(120 so‘z).
Dostları ilə paylaş: