50
sabab, yoshligimda gunafsha rang qog‘ozdan varrak yasab uchirardim.
Shunisi
qiziqarli ediki, ko‘m-ko‘k bahor osmoni bolalar uchirgan anvoyi
rang varraklarga to‘lib ketardi. Ular orasida
mening gunafsha rang
varragim alohida ajralib turardi.
(Said Ahmad) (109 ta so‘z).
YOMONLIKNING JAZOSI
Bir kishining Qosim ismli o‘g‘li bor edi. Ota-yu onasining so‘ziga
kirmasdan har xil yomon ishlarni qilar edi. Bolalar bilan urishib,
yoqalashib, kiyimlarini yirtib kelar edi.
Uyda mehmon uchun asrab
qo‘ygan taomlarni yegan vaqtda onasi:
Qosim, o‘g‘lim! Taomni sen yedingmi? – desa, – Men yeganim yo‘q!
Mushuk yegandir, – der edi. Bora-bora otasining pulini ham o‘g‘irlab
oladigan bo‘ldi. Otasi bilib: «O‘g‘lim, pulni kim oldi?»-desa, «Onam
olgandir», – deb onasini o‘g‘ri qilar edi.
Bir kuni otasi stol ustiga bir tanga qo‘yib o‘zini
uxlaganga solib
yotdi. Qosim kelib, sekin tangani og‘ziga soldi. Shu vaqt otasi uni ushlab
qolmoqchi bo‘lgan edi, Qosim tangani yutib yubordi. Tanga uning
halqumiga tiqilib, jon berdi.
Ey bolalar! Ko‘rdinglarmi, yomonning yomonligi o‘z boshiga yetdi.
(Abdulla Avloniy) (110 ta so‘z).
Dostları ilə paylaş: