52
TILINGNI AVAYLA – OMONDIR BOSHING
O‘quv va bilimning tarjimoni tildir. Kishiga ro‘shnolik, yaxshilik va
ezguliklar
til tufayli keladi, buni yaxshi bilib olish kerak. Qadr-qimmatni
ham, obro‘-e’tiborni ham kishi til orqali topadi. Agar tilga e’tibor
berilmasa, noo‘rin qo‘llanilsa, odam boshining yorilishi hech gap emas:
So‘zingni tiyib yur, boshing yormasin
Tilingni tiyib yur, tishing sinmasin.
Hech qachon ko‘p gapirma. Juda oz so‘zla. Tuman so‘z tugunini bitta
so‘z
bilan yozib yubor, ya’ni oz so‘zlarga ko‘proq ma’no sig‘dirish
payidan bo‘lgin. Chunki:
Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik,
Ortiq so‘z bu boshni etadi egik.
Ortiqcha aytilgan so‘z kishi ko‘ngliga malol. Ammo so‘zlamaslik ham
mumkin emas. Bu holda soqov degan nomni orttirib olish mumkin.
Shunga ko‘ra o‘rtacha yo‘riq tutish lozim. Yo‘riqni o‘rtacha tutgan odam
qut-iqbolga erishadi:
Tilingni avayla – omondir boshing,
So‘zingni avayla – uzayar yoshing…..
(122 ta so‘z)
Dostları ilə paylaş: