D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
ABU ALI IBN SINO
Abu Ali ibn Sino Buxoro yonidagi Afshona qishlog’ida tug’ildi, 
yoshligi ham shu yerda o’tdi. So’ng uning ota-onasi Buxoroga ko’chib 
keladi va u Buxoroda mavjud bo’lgan ilmiy muhit ta’sirida ko’p fanlar 
bilan qiziqib shug’ullanadi. U yoshligidanoq noyob iste’dod va xotira 
egasi bo’lib, atrofdagilarni hayratga soladi. Uning yoshligi Buxoroda 
Somoniylarning hukmronlik davriga to’g’ri keladi. Bo’lajak olim 
saroyning boy kutubxonasidagi kitoblardan foydalanadi, shahardagi kitob 
bozoridan noyob qo’lyozmalarni sotib olib bilimini oshira boradi.
U qomusiy olim sifatida o’z davridagi fanlarning deyarli barchasi 
bilan shug’ullangan. Falsafa, tabobat, fizika, kimyo, matematika
geologiya, mineralogiya, astronomiya, botanika, din tarixi, musiqa, 
she’riyat, filologiya va boshqa fanlarga oid asarlari allomaning buyuk 
iste’dod sohibi va yirik qomusiy olim sifatida shuhrat qozonganining 
yorqin timsolidir (112 ta so’z). 
 
MEHNAT 
Biz har kuni foydalanadigan deyarli hamma narsa inson qo‘lining 
mahsuli, uning mehnati natijasidir. Inson o‘z mehnati bilan hamda qo‘li, 
aqli va kuch-quvvati yaratgan narsalar bilan mashhur. 
Mehnat insonning maqsadiga muvofiq faoliyati bo‘lib, eng avvalo 
tabiat mavjudotlarini o‘zgartirib, ehtiyojiga moslashtirishni bildiradi. 
Mehnat kishilik jamiyati hayotining asosiy sharti, chunki u tufayli 
insoniyatning yashashi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar 
yaratiladi. 
Mehnatda insonning qobiliyati va istye’dodi namoyon bo‘ladi, uning 
bilimlari kengayib boradi. Mehnatda inson jismonan toblanadi, irodasi va 
tabiati chiniqadi. Axir mehnat bu tirishqoqlik va sabr-toqatlik, g`ayrat va 
saranjom-sarishtalik, ishchanlik, topshirilgan ish uchun mas’uliyat 
demakdir. 


55 
Mehnat har kim kuch va qobiliyatini ishga solib, o‘zini ko‘rsatish 
imkoniyatini beradi («Bolalar ensiklopyediyasi»dan) (108 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin