D. O‘rinbayeva m. Rahimova


ONA TILI – BU MILLATNING RUHIDIR



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

ONA TILI – BU MILLATNING RUHIDIR 
O‘zbek tili — dunyoning taraqqiy qilgan, qadimiy tillaridan biri.
Bu 
dunyoda mukarram etib yaratilgan inson boshqa mavjudotlarga nisbatan 
azizu ko‘proq tuhfaga ega. Ularning biri har birimiz uchun ona sutidek 
muqaddas bo‘lgan ona tilimizdir.
Ona tili — xalq hayoti va tafakkurining in’ikosi. Ona tilimiz — 
xalqimiz kechmishining ko‘zgusi, buyuk qomusi. 
Ona tilim... Bu so‘z 
zamirida ona allasi, ona tilining betakror jozibasi, millat qalbining go‘zal 
tuyg‘ulari mujassam.
Ona tili – bu millatning ruhidir. Xalqni millat qilib ichidan birlashtirib 
turadigan eng zo‘r omillardan biri – uning yagona milliy tilidir.
Ona tilimiz - o‘zbek tiliga 1989-yil 21-oktyabrda davlat tili maqomi 
berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy 
voqeaga aylandi. Ayni paytda tilimizning ijtimoiy mavqeini yanada 
mustahkamlash, yuksaltirish uchun ham beqiyos imkoniyati yaratildi. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat - 
yengilmas kuch” asarida:
“Biz ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan 
bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni 
boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur”, degan 
edi (146 ta so’z).
 
DUNYONI EMAS, ELIMNI ANGLAY 
Emishkim, Samarqand yaqinidagi qishloqlardan birida bir chol 
bo’lgan. Qarib-qartaygan chol befarzand ekan. Shuning uchun ham u 
peshonasidan qora yozuqqa chora topolmagandan keyin: “Mendan bir 
meros qolsin”- deb tut ko’chati ekib, katta bog’ bunyod qilibdi. Ammo 
cholning bu bog’iga ko’z tikkan qishloq boylaridan birining tuhmatiga 
ishonib, Amir Temur bog’bon cholni o’limga buyuribdi. Bundan xabar 
topgan Bibixonim Bog’i Dilkushoda dam olayotgan sohibqiron huzuriga 
borib: 
- Davlatpanoh, bog’bon cholning qonidan kechishingizni so’rab 
keldim. 

Nechun? 

Uning mingta farzandi bor ekan, agar siz uni qatl etsangiz, ul 
begunohlarning ham nobud bo’lishiga sababchi bo’lasiz.
Agar istasalar men ul farzandlarni sizning muborak nazaringizga 
ko’rsatay. 


76 
Mana men aytgan bog’bonning farzandlari. Mingta tutning har biri 
chol uchun farzandday bo’lib qolgan. Agar uni qatl etsangiz bu farzandlar 
ham nobud bo’ladilar.
Ming bora haqsiz bibim. Biz barpo qilgan bog’u-rog’lar, obidalarimiz 
avlodlarga bizning kimligimizdan dalolat beradilar. Yordamingni ayama, 
bibi. Menga dunyoni emas, dilimni va elimni anglashga ko’mak ber (149 
ta so’z).
 
O’RDAK 
O’rdak suvda suzuvchi qush bo’lib, yilning issiq davrlarida hovuz
ko’l va sholipoyalarda o’ziga oziq topadi. U sayoz suvlarda kun kechiradi. 
Xonaki o’rdaklar xushta’m go’shti, mayin va pishiq pati uchun boqib 
ko’paytiriladi. Ular tez yetiladi va 70 kunda 3-4 kiligrammgacha semiradi. 
O’zbekistonda xonaki o’rdaklarning bir qancha zoti bor. Ayniqsa, ikki 
xil oq zoti (Moskva va Pekin) o’rdaklari, kulrang (Ukraina o’rdaklari) va 
oq ko’krakli qora (Xarkov o’rdaklari) zotlari keng tarqalgan. 
Xonaki o’rdaklar yovvoyi o’rdak – kryakvadan kelib chiqqan. 
Kryakva va boshqa yovvoyi o’rdaklar (qo’ng’ir, suqsur, olaqanot suqsur, 
churrak) ko’pchilik suv havzalarida uchraydi. Kryakva deyarli butun 
Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada yashaydi. 
Respublikamizda yovvoyi o’rdaklar Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon 
va Surxandaryo bo’ylarida uya quradi. 
Erta bahorda modasi 8-11 tacha tuxum qo’yadi. Yangi ochib chiqqan 
jo’jalar hali patlari qurib ulgurmasdanoq yugura boshlaydi, suzadi va 
sho’ng’iydi. Yovvoyi o’rdaklar suv o’tlari, turli hasharotlar, malluskalar 
bilan oziqlanadi (138 ta so’z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin