D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

IKKI VAFOLI YOR 
Temur Ko’ragon barcha iqlimlarni fath etishga kirishganda, 
Hindistonda qattiq jang bo’ldi. O’tkir tig’lar har tomondan qon to’kib, 
butun olamga g’avg’o soldi. Shu payt ikkita bechora sevishgan nogoh 
ushbu qotillarga duch keldi. Shohning buyrug’iga amal qilib, askarlardan 
bittasi ularni chopmoqchi bo’ldi. Askar yonidan tig’ni chiqargan edi
ulardan biri o’z sherigini tig’ ostida ko’rib himoya qilish uchun qotilga 
boshini tutdi.

Meni o’ldiring, yorim bir on bo’lsada yashasin - askar uning 
boshini olmoqchi edi, unisi ham xuddi shu so’zni aytdi. U qaysisiga 
o’z zulmini ko’rsatmoqchi bo’lsa, boshqa biri o’sha gap bilan 
oyog’iga yiqilar edi. Qotilning jahli chiqib: 

So’zsiz, ikkalangizning ham chopaman! - dedi. 

U qaysi birini o’ldirishga oshiqsa, ikkinchisi toqatsizlik bilan der 
edi: 

Tez bo’l, oldin meni o’ldira qol, to men o’lguncha loaqal u tirik 
tursin! 
Ular bir-birlariga o’z boshlarini in’om etardilar. Boshlarini kesdirish 
uchun tig’ni talashar edilar. Shu munosabat bilan orada birpas kutish yuz 
bergan edi, birdan xalq orasida omon-omon bo’lgani haqida nido 
ko’tarildi. Chunki bu ikki yor bir-biri uchun jonidan kechgan edi, shoh 
ham xalqning gunohidan o’tdi. Bu ikki yor do’stlik, sadoqat tuyg’ularini 
namoyish qilib, elni ham, o’zlarini ham xalos qildilar (160 ta so’z).


83 
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR 
XIV-XV asrlar o‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri, 
shoir, olim, yirik markazlashgan davlat podshosi, taniqli sarkarda 
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda tug‘ilgan. 
Otasi Umarshayx mirzo Amir Temirning avlodidan bo‘lib, Farg‘ona 
viloyati hokimi edi. Shuning uchun ham Bobur saroy muhitida 
tarbiyalanib, zamonasining ilm-ma’rifati, adabiyoti va san’atini chuqur 
o‘rgandi. Otasi bevaqt vafot etgandan so‘ng 12 yoshli Bobur Andijon 
taxtiga o‘tirdi. Temuriylar o‘rtasida, shuningdek Shayboniyxon qo‘shini 
o‘rtasida bo‘lib turgan urushlar tufayli mamlakat notinch edi. Bobur 
yurtida tinchlik o‘rnatish, tartib joriy qilish uchun butun kuchini sarflaydi. 
1504-yili Shayboniyxon qo‘shinidan yengilgan Bobur oz sonli 
lashkari bilan Afg‘onistonga ketishga majbur bo‘ladi. Bobur 
Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritadi va adolatli shoh sifatida shuhrat 
qozonadi. 1519-1526-yillarda hind imperatori Ibrohim Ludiy qo‘shinini 
yengib, Hindistonni egallaydi. Bobur 1529-yilga kelib Hindistonda asos 
solgan davlatga Afg‘oniston, Panjob, Gang vodiysi (Bengaliya 
chegarasigacha) kirar edi. Boburiylar hind yurtida qariyb 300 yil adolat 
bilan davlatni boshqardilar, ulkan tarixiy obidalar qurdirdilar. Shulardan 
Tojmahal (Shoh Jahon va malika Mumtoz Mahal maqbarasi) me’moriy 
yodgorligi oq marmardan qurulgan bo‘lib, 5 gumbaz, 4 minora, balandligi 
74 metrdan iborat muhtasham binodir. Bu kabi obidalar hozir ham o‘z 
go‘zalligini saqlab qolgan va butun dunyo sayyohlarining eng ko‘p ziyorat 
qiladigan maskanlaridan hisoblanadi (160 ta so’z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin