MILLATNING OYNASI Xalqimiz tilimizni, Vatanimizni uyqash tarzda – “ona tili”, “Ona
Vatan” deb e’zozlaydi. Bunday mehr-muhabbatda katta ma’no bor. Shu
bois ham taqdir taqozosi bilan boshqa mamlakatlarga borib, yashab
qolishga majbur bo‘lgan vatandoshlarimiz o‘zbek tilimizni o‘zlari uchun
Vatan o‘rnida ko‘radilar, unga suyanadilar,undan madad, kuch-qudrat
oladilar. Ana shu go‘zal va qudratli ona tilimiz istiqlol tufayli o‘zining
qonuniy o‘rnini topish imkoniga ega bo‘ldi. Bugungi kunda o‘zbek tilining
gullab-yashnashi uchun barcha yo‘llar ochiq: son-sanoqsiz nashriyotlar,
gazeta-jurnallar, radiostudiyalar, telestudiyalar, Til va adabiyot instituti,
maxsus atamaqo‘m… Tilimiz taraqqiyotida ancha-muncha ijobiy o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga
tashlanib turibdi. Bir misol: mustaqillikkacha televideniye yoki radiodan
o‘zbek tilida burro-burro gapirayotgan ingliz, nemis yoki fransuzni onda-
sondagina ko‘rgan bo‘lsangiz, hozir qariyb har kuni ko‘rasiz, eshitasiz. Bu
– faxr emasmi! Albatta, odam quvonadigan hol. Chiroyli o‘zbek tilida
gapirayotgan xorijlikning kalomini eshitganingizda, beixtiyor ustod
Abdulla Qahhorning ichki bir mehr bilan aytgan: ”Juda boy, chiroyli
tilimiz bor. Bu tilda ifoda etib bo‘lmaydigan fikr, tuyg‘u, holat yo‘q!”
degan haqqoniy so‘zlarini eslaysiz.
Ha, shunday ajoyib ona tilimiz bor! Biroq, biz o‘z tilimiz – o‘zbek
tilimizga unga munosib tarzda sadoqat ko‘rsatayotirmizmi, munosib tarzda
hurmatini
joyiga
qo‘yayotirmizmi?
Rostini
aytaylik:
ayrim
zamondoshlarimiz tilimizga beparvolarcha, mas’uliyatsizlik bilan, ba’zi
hollarda esa bepisand munosabatda bo‘ladilar. Bunga ishonch hosil qilish
uchun hech bo‘lmasa gazeta-jurnallar, radio-televideniye tiliga bir e’tibor
bering!... Noto‘g‘ri so‘z qo‘llashlar, siyqa gaplar talaffuzdagi no‘noqlik,
beo‘xshov tarjimalar, shevaga xos so‘z, qoshimchalar!
Shundagina biz ONA – TIL oldidagi burchimizni bajargan bo‘lamiz.
Zotan, ona tili – millatning aslida kim ekanini ko‘rsatuvchi haqqoniy
oynadir. (Gazetadan, 230 ta so‘z)