D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
OHU 
Marjontovda ona-bola ohu yashagan emish. Onasi bolasidan ko‘hlik 
emish, bolasi onasidan. 
Kunlardan bir kun shahardan bir qari ovchi kepti. Ovchi ohuga 
ishqiboz ekan. Ona-bola ohuni ko‘ribdi-yu ularga mahliyo bo‘lib, otmabdi. 
Yo‘llariga simto‘r qo‘yib, qo‘lga tushiribdi-da, shaharga olib ketibdi. 


106 
Biroq ovchi shaharda ularni qancha parvarish qilmasin, Marjontovning 
sersuv, serbuloq yaylovlariga, soylariga, archazorlariga o‘rganib qolgan 
ona kiyik ovchining qafasiga dosh berolmay, tez orada jon taslim qilibdi. 
Ovchi qarasa, onasidan ayrilgan yetim ohu ham og‘ziga cho‘p olmay, 
kundan-kunga orqaga ketyapti. Rahmi kelib, qayta Marjontovga opkep 
qo‘yib yuboribdi. Sal o‘tmay, yetimcha ohuga bir yosh qo‘chqor uchrabdi. 
Bir-birini suyib qolishib, tog’dan-toqqa sakrab o‘ynoqlab yurishibdi. Bir 
kun ohuginani ko‘rarmikinman deb, boyagi keksa ovchi yana toqqa kepti. 
Qarasa, u qo‘yib yuborgan ohugina, yonida yer depsingan yosh qo‘chqor, 
tog’dan-tog‘ga sakrashib o‘ynoqlashib yurishgan emish. Ovchi qahri kelib, 
qo‘chqorni otib tashlabdi, so‘ng ohuginani tutib olibdi-da, yana shaharga 
olib ketibdi. Bu safar ohuginam yolg’izlikdan ichikmasin deb, ovchi uning 
yoniga boshqa bir qo‘chqorni qo‘shib qo‘yibdi. Ammo ohugina tog’da 
halok bo‘lgan qo‘chqorini qo‘msabdi, o‘zining tog‘-u-toshlarini, archazor 
va yaylovlarini sog‘ininbdi. Oxir oqibat halok bo‘libdi (170 ta so‘z). 
BOBUR VA KABUTAR 
Mirzo Bobur yoshligidan yashnkfl bola bo’lib o’sibdi. Kunlardan bir 
kun Umarshayx saroy a’yonlari bilan qasrda o’ltirgan ekan, bir kabutar 
uchib kelib, ayvon peshtoqga qo’nibdi-da, ”g’ulu-g’ulu-g’ulu” qilaveribdi. 
Umarshayx a’yonlaridan: ”Kabutar ne deydur?” – deb javob berishibdi. 
Gapga qo’shilmay bir chekkada jim o’ltirgan Mirzo Bobur: ”Yo’q, 
kabutar unday demaydur. U qovun sayliga chaqiradur. Jonivor xushxabar 
keltiribdur”, - dedi. Umarshayx kabutarni tutib keltirishni buyuribdi. 
Kabutarni tutib kelib, oyog’idagi mis halqani olib qarasa, ichidan xat 
chiqibdi. Xatda: ”Oliy hazrat, qovun ayni pishdi. Kelib qo’l urib bersalar”, 
- deb yozilgan emish. Mirzo Boburning gapi to’g’ri chiqqanidan hayratga 
tushgan Umarshayx o’g’lidan: ”Bunchalik topqirligingga bois nedir?” – 
deb so’rabdi. 
Ota, - debdi Bobur, - bu kabutarga e’tibor qilmadingiz. O’tgan yili 
qovun sayli xushxabarni xuddi ana shu jonivor xabar qilg’on erdi, 
kaminaning ko’zi kabutarning o’ng qanotidagi qora xolga tushgan zahoti 
ani tanidi va shu so’zni taxmin etdi”, - deb javob beribdi. Yosh mirzoning 
hushyorligi, topqirligiga qoyil qolgan Umarshayx a’yonlariga qarab: 
”Qilichni emas, aql-idrokni ishga solmoq lozimdir. Xabar qilinglar, barcha 
qovun sayliga otlansin!” – deb farmoyish beribdi (166 ta so’z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin