D. O‘rinbayeva m. Rahimova


KO‘P MILLATLI ULKAN SHAHAR



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

KO‘P MILLATLI ULKAN SHAHAR 
Toshkent shahri qadimda “Choch”, “Shosh” nomlari bilan atalgan. XI 
asrdan Toshkent deb yuritila boshlagan. Toshkent geografik jihatdan qulay 
yerda joylashgan, iqlim sharoiti ham mo‘tadil bo‘lganligi uchun 
dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Qadimgi Toshkentning atrofi 
baland va qalin devorli qo‘rg‘on bilan o‘ralgan edi. Shaharning bo‘yi ham, 
eni ham 6-7 kilometr uzunlikka teng bo‘lgan. Yozma manbalar va 
arxeologik tadqiqotlar shaharning yoshi 2000 yildan ortiqligini tasdiqlaydi. 
Shahar devoridan tashqarida eng sersuv yerlar o‘zlashtirilib, obod 
etilgan. Toshkent o‘zaro urushlar, qo‘zg‘olonlar, ko‘chmanchi qabilalar 
hujumlari natijasida bir necha marta vayron qilindi va qayta tiklandi. XIII 
asrgacha Toshkent qal’a, ichki va tashqi shahardan iborat bo‘lib, atrofi bir 
necha qator mudofaa devori bilan o‘rab olindi. Shaharda kulolchilik, o‘q-
yoy, gazlama, charm mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlanadi. XVIII-XIX 
asrlarga kelib, shahar yanada kengaydi va hududi 15 ming gektarga yetdi. 
Shahar to‘rt daha va yuzlab mahallalarga bo‘lingan. Shaharga 12 darvoza 
orqali kirilgan. 
Toshkent 1930-yildan O‘zbekistonning poytaxti deb e’lon qilindi. Shu 
yillar ichida Toshkentning qiyofasi tubdan o‘zgardi. Tor, qing‘ir-qiyshiq 
ko‘chalar o‘rniga keng va elektrlashtirilgan yorug‘ xiyobonlar barpo etildi, 
ko‘p qavatli binolar qurildi. 1977-yili O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan 
Toshkent metrosi ishga tushdi. 1985-yili bo‘yi 375 metrli ulkan teleminora 
qurildi. Yirik ilmiy va ma’rifat markazi hisoblangan poytaxtimizda 
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, o‘nlab ilmiy tekshirish institutlari, 30 ga 
yaqin oliy o‘quv yurtlari, 20 ga yaqin muzey, 700 ga yaqin kutubxona
o‘ndan ortiq teatr, o‘nlab madaniyat saroylari, yuzlab kinoteatrlar mavjud. 
Toshkent ko‘p millatli ulkan shahar bo‘lib, hozir unda 3 millionga 
yaqin aholi yashaydi. Uning chiroyi kundan-kunga ortib boryapti (210 ta 
so’z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin