Mundarija kirish



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix08.04.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#124995
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
MUNDARIJA (2)

 
 
 
 
 
 
 
 


MDH va boshqa davlatlarga import tarkibi (2022 yil yanvar-dekabr)
18
 
15-rasm 
18
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SAVDO AYLANMASI 25-bet 


Oʻzbekiston Respublikasi importi hajmining oylik dinamikasi
19

16-rasm 
19
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SAVDO AYLANMASI 26-bet 


XULOSA VA TAKLIFLAR 
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka 
erishganidan keyin rivojlanish yo’lini kuzatar ekanmiz O’zbekiston hukumatining 
bu borada olib brogan islohotlari o’z samarasini yaqqol ko’rsatdi. Hukumatning olib 
borgan siyosati, ayniqsa tashqi iqtisodiy faoliyati olib borgan ishlari tahsinga 
loyiqdir. Rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy 
hamkorlik yildan-yilga rivojlanmoqda. Bu albatta, mamlakatimizda yaratilayotgan 
qulay investitsion muhit, xorijiy korxonalar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va 
imtiyozlarning mahsulidir. O’zbekiston o’z taraqqiyot yo’lidan dadil borar ekan, 
xorijiy davlatlar bilan, xususan, rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan o’zaro teng 
manfaatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirib boradi. Bu albatta, respublikamiz 
iqtisodiyotining jadal rivojlanishida, O’zbekistonning rivojlangan mamlakatlar 
qatoridan joy olishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. O’zbekiston Republikasi 
tashqi siyosatida rivojlangan va MDH mamlakatlarining o’rni haqida quyidagi 
fikrlarni bildirishimiz mumkin: 

Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini 
tartibga soluvchi huquqiy asoslar yaratildi. 

O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini belgilab beruvchi huquqiy 
asoslarning yaratilishida xalqaro huquq normalariga rioya qilindi. 

O’zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda 
rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan keng ko’lamli hamkorlikni yo’lga qo’ydi. 

O’zbekiston va MDH o’rtasidagi aloqalarning muhim jihati – iqtisodiy 
yo’nalishdagi hamkorlik hisoblanadi; 

O’zbekiston xalq xo’jaligini rivojlantirishda MDH davlatlari bilan 
hamkorlik bundan keyin ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
O’zbekiston va MDH mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar tahlil 
qilinganda quyidagi xulosalarga kelindi: 



Hamkorlikning ikkinchi davrida iqtisodiy aloqalarning o’sishi 
kuzatildi. 

O’zbekiston rivojlanga va MDH mamlakatlar bilan neft-gaz sohasidagi 
hamkorlik istiqbolli yo’nalishlardan hisoblanadi. Bu borada rivojlanga va MDH 
mamlakatlarining investitsiyalarini jalb qilish borasidagi ishlarni yanada 
takomillashtirish maqsadga muvofiq. 

O’zbekiston Respublikasining rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan 
iqtisodiy aloqalari tahlili shuni ko’rsatdiki, O’zbekiston-Xitoy Xalq Respublikasi, 
O’zbekiston-Janubiy Koreya, O’zbekiston-Rossiya o’rtasidagi hamkorlikni yanada 
rivojlantirish, ayniqsa, mamlakatimiz sanoat korxonalarini texnik jihatda 
modernizarsiya qilish bo’yicha yangi loyihalarni amalga oshirish lozim; 
Xullas, boshqa sohalar bilan bir qatorda, O’zbekistonda yuqori xaridorgir 
mahsulotlar ishlab chiqarish va uning turlarini kengaytirish, birinchi navbatda 
to’qimachilik sanoati, elektromaishiy texnika, mashinasozlik va aviasozlik 
sohalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda o’zaro manfaatli 
iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish zarur. 
Sharqiy Osiyo davlatlari bilan investitsion hamkorlik ham yildan-yilga 
rivojlanmoqda. O’zbekistonga kiritilayotgan sarmoyaning katta qismi aynan shu 
davlatlar mablag’lariga to’g’ri kelmoqda. Masalan, 2022-yilning oxiriga kelib, 
Yaponiyaning mamlakatimizga kiritgan sarmoyasi 2,3 milliard AQSH dollarini, 
Xitoy Xalq Respublikasining sarmoyasi 4 milliard AQSH dollarini, Koreya 
Respublikasining sarmoyasi hajmi 5 milliard AQSH dollaridan oshdi. 
2000-yildan 2022-yilga qadar o’zaro tovar ayirboshlash hajmi o’sishi 
kuzatildi. Demak, savdo aylanma hajmi yildan-yilga o’sib, yanada barqaror tus 
olmoqda. O’zbekiston-Rossiya o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar ko’lami MDH 
mamlakatlari ichida eng yuqoriligi qayd etildi: savdo aylanmasi 2000-yilda 100 mln 
AQSH dollarini tashkil qilgan bo’lsa, 2022-yilga kelib 9 279,7 mln AQSH dollariga 
yetdi. Bu O’zbekiston va Rossiya o’rtasida savdo aylanmasi jadal sur’atlarda 
rivojlanib borayotganini bildiradi. 


Bugungi kunda O’zbekistonning rivojlangan vaMDH mamlakatlari bilan 
iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni ilgari surish 
mumkin: 
• 
O’zbekiston va rivojlangan mamlakatlar uchun manfaatli bo’lgan 
yuqori samarali ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini qo’llabquvvatlash va 
ularni rag’batlantirish; 
• 
Rivojlangan va MDH mamlakatlar investorlarini to’laqonli axborot 
(investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, hududiy matbuot nashrlari, 
iqtisodiy tahlil, xom-ashyo va mehnat salohiyati to’g’risida ma’lumotlar bilan 
ta’minlash uchun har bir hudud bo’yicha viloyatlarning investitsiya salohiyati 
bo’yicha veb-sayt tashkil etish, shuningdek, investitsiyaga oid konferensiyalar, 
seminarlar va taqdimotlar ko’lamini yanada kengaytirish; 
• 
Aloqalarning rivoji, iqtisodiy hamkorlikning ahamiyati bo’yicha 
o’quvchi-yoshlarda kengroq tasavvur hosil qilish uchun viloyatlar hududidagi 
qo’shma korxonalarga (O’zbekiston-Xitoy Xalq Respublikasi, O’zbekiston-Janubiy 
Koreya, O’zbekiston-Rossiya, O’zbekiston-Qozog’iston,) sayohat va ekskursiyalar 
tashkil etish; 
Bu kabi tadbirlar O’zbekiston rivojlangan mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy 
aloqalar davomiyligini va barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi, deb hisoblayman. 



Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin