Bunday tayyorgarlik mutaxassisda odamlar bilan kasbiy muhit bilan konstruktiv va
samarali oʻzaro
yaqin aloqalar, xodimlar va rahbarlar bilan amaliy va shaxsiy oʻzaro
munosabatlarga tayyorligi va bunday oʻzaro munosabatlarni oʻrnata olishga va rivojlantirishga
qodirligini koʻzda tutadi. Shaxsning kommunikativ tayyorligi faqatgina odamning nutqiy
madaniyati еtarlicha darajada rivojlanganligida soʻz va tildan toʻgʻri foydalanishni bilganidagina
mavjud boʻladi. Shaxsning nutq madaniyati uning fikrlash madaniyati rivojlaganligining
koʻrsatkichi hisoblanadi. Shuning uchun mutaxassisning shaxsiy va kasbiy kamol topishini muhim
shartlaridan biri uning kasbiy nutqiy madaniyatini rivojlantirish hisoblanadi.
Mutaxassisning
kommunikativ tayyorligi unda empatiyani, xushmuomalalikni, doʻstonalilikni, oʻrtoqlik hissini,
jamoatchilikni rivojlantirishni, kasbdoshlari bilan oʻzaro aloqalar munosabatlariga tayyorligi va
qodirligini, oʻzaro munosabatlarda keraksiz keskinliklarni yuzaga keltirmaslikni, yuzaga kelgan
qiyinchilikni toʻgʻri xal eta bilishni, ishda, xodimlar, kasbdoshlari bilan munosabatlarda murosaga
kelishni koʻzda tutadi. Mutaxassis faoliyati muvaffakqiyatliligini yana bir muhim sharti uning
kasbiy va shaxsiy jihatdan tayyorligi va qodirligi hisoblanadi. Bu yoʻnalishda uning faolligi
darajasi ishtirok etadi. Kasbiy masalalarni xal etishda ham
xodimlar kasbdoshlari bilan
oʻzaro munosabatlarda xam oʻzini toʻla va xar tomonlama koʻrsatishga intilishdan iborat boʻladi.
Mutaxassisning bunday oʻzini tashkil etish koʻp jixatdan uning muvaffaqiyatga erishish
istagiga va intilishiga bogʻlik boʻladi.
Zamonaviy psixologiyada muvaffaqiyat muammosiga bagʻishlangan koʻplab ishlar
mavjud bulib, ularda mazkur muammo amaliy va nazariy jixatdan oʻrganilgan.
Muvaffaqiyat
deganda shaxsning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga erishishi tushuniladi. Odamning bajarayotgan
ishini muvaffaqiyatliligini xis etishi ikkita xal etuvchi vaziyatlarga bogʻlik boʻladi: xaqiqiy natija
va ushbu vaziyatlarda uning qiziqishlari darajasidagi natija. Ular odam oʻz faoliyatida qoʻygan
maqsadlarini ifoda etish shakli sifatida ishtirok etadi. Shunga muvofiq muvaffaqiyatga
erishishning vositalari, shart- sharoitlari ishlab chiqilgan boʻlib
u quyidagi formula asosida
beriladi.
Kasbiy faoliyat jarayonida muvaffaqiyatga erishishda mutaxassisning shaxsiy xususiyatlari
muhim rol oʻynadi. Hayotiy muvaffakiyatga erishish uchun zarur bulgan koʻplab shaxsiy sifatlar
xaqida V.Kroford uzining “Suxbat va munozara” kitobida Konfutsiyning gʻoyasiga tayanib,
doʻstonalik, donolik va botirlikni kursatadi. Muallif odamga ishida muvaffaqiyatga erishish uchun
nima еtishmaslgini aniqlash uchun qiziqarli metodikani ishlab chiqdi. V.Kroford
xozirgi zamon mutaxassisi muvaffaqiyatga erishish uchun kursatilgan 3 ta tushunchadan tashqari
kasbiy maxorat xam kerakligini aytib oʻtdi.
Xozirgi zamonaviy tadqiqotlar muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi asosiy shart-
sharoitlarni ko’rsatadi:
- mutaxassis oʻziga ishongan boʻlishi kerak; - maqsadga erishishga kuchli intilish kerak;
- nimaga erishish istagini aniq bilishi kerak;
-ishga pozitiv yoʻnalganlik;
- omad aloxida muvaffaqiyatlarni koʻra bilish va shu paytda quvonch va baxtni xis etish
zarur.
Tadqiqotlar natijalariga koʻra odamning hayoti va kasbiy
faoliyatidagi muvaffaqiyat
oʻrtasidagi uzviy bogʻliklik borligini koʻrsatadi.
Yuqorida koʻrsatilgan kamchiliklarini kasblar konstruktori mutaxassisligini kiritish bilan
bartaraf etish mumkin. Ular yangi kasblarni loyixalashtirish, mexnat mazmunini va maqsadini
aniqlash, ma’lumot, malaka darajasi mexnat sharoiti masalalarini yangilanishlari mumkin edi.