O ‘zbekiston respublikasioliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


KURS ISHI MAVZUSIGA OID ILMIY MANBALARDAN



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/35
tarix14.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#125293
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
2.9. hozirgi o`zbek adabit tilidan kurs ishi metodikasi

2.2. KURS ISHI MAVZUSIGA OID ILMIY MANBALARDAN 
FOYDALANISH
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan kurs ishini yozishda eng aw alo qanday 
manbalarga suyangan holda ishning metodologik asosini belgilashni hal etish lozim 
boiadi. Bu fan b o ‘yicha yoziladigan kurs ishiga tilning o'zaro aloqa-bogianishda 
boigan birliklar yig'indisidan iborat butunlik ekanligini va til birliklarining 
ziddiyatli, ikkilangan tabiatga egaligini e ’tirof etuvchi dialektika kategoriyalari 
metodologik asos vazifasini o'taydi. Kurs ishining metodologik asosini belgilashda
13


dialektika qonunlari qatorida mavzuga oid ilmiy-nazariy manbalar, 0 ‘zR DTS, fanga 
oid namunaviy o'quv dasturlar, “Davlat tili haqida”gi qonun, 0 ‘zR Prezidenti asarían 
ham muhim o ‘rin tutadi.
Kurs ishining metodologik asosi belgilangach, mavzuga oid eng zarur 
adabiyotlami tahlil qilish, ulaming ro'yxati (bibliografiyasi)ni tuzish lozim boiadi.
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan kurs ishini yozishda masalaga aloqador 
nashr etilganiga kamida o ‘n-o‘n besh yil b o ig an so‘nggi ilmiy-nazariy, o'quv- 
uslubiy adabiyotlar: darsliklar, uslubiy qoilanm alar, monografiyalar, ilmiy maqola 
va tezislardan, shu bilan birga, elektron darsliklardan foydalanish maqsadga muvofíq.
Shuningdek, respublikamizda nashr etib kelinayotgan tilshunoslik masalalarini 
yorituvchi “0 ‘zbek tili va adabiyoti”, “Til va adabiyot ta’limi”, “Filologiya 
masalalari”, “Ilm sarchashmalari”, “TDPU ilmiy xabarlari” va boshqa 
jumallarda o‘zbek tilshunosligining ham dolzarb muamolari haqida bahs yuritiladi. 
Shu sababli talaba kurs ishini yozishda ushbu jum al materiallaridan keng foydalansa 
boiadi.
Kurs ishi mavzusiga oid ilmiy adabiyotlaming yetarli b o iish i, ularda 
mavzuning chuqur tahlil etilishi talabaga kurs ishi rejasini hamda yoritiladigan asosiy 
masalalami to 'g 'ri belgilab olishga imkon yaratadi. Mavjud adabiyotlami sinchiklab 
o'rganish orqali talaba mavzuni atroflicha yoritishi, ilmiy manbalardagi nazariy 
xulosalarga tanqidiy munosabat bildirishi joizdir.
Mavzuga oid mavjud adabiyotlami o'rganish orqali talaba kurs ishining maqsad 
va vazifalarini belgilab oladi, ishda nimaga e ’tibor qaratishi lozimligini fahmlaydi
asosiy va ikkilamchi masalalami ajratadi. Ilmiy manbalami o'rganish asosida talaba 
mavzuning o'rganilganlik darajasini belgilaydi, mavzuning qaysi jihatlari hali 
o'rganilmaganligini anglab yetadi.
Ilmiy adabiyotlaming rahbar tavsiyasi asosida belgilanishi maqsadga muvofiq. 
Negaki hozirgi davrda ko'plab kitoblar nashr etilayotgani quvonarli bo'lsa-da, ularda 
ayrim bir-biriga zid nazariy qarashlaming aks etishi talabani chalg'itishga, xato 
xulosa chiqarishiga sabab boiishi mumkin. Shu sababli mavzuga oid foydalanish 
uchun tavsiya etiladigan adabiyotlami tilshunos olimlar tomonidan m a’qullangan eng
14


so‘nggi nazariy xulosalar asosida yozilganligiga e ’tibor qaratish muhim ahamiyatga 
ega.
Shuni alohida qayd etish joizki, kurs ishi mavzusiga oid ilmiy manbalami 
o‘rganishni darslik va o ‘quv qoilanmalarídan boshlash lozim. Darslik va o ‘quv 
qo'llanmalarida mavzuga oid eng muhim mas al alar yoritilgan bo'ladi. Ulami tahlil 
qilish asosida mavzu bo'yicha umumiy tasaw urga ega bo'lish mumkin.
Talaba mavzuga aloqador qancha ko‘p ilmiy manbani o ‘qib o'rgansa, ulami 
birma-bir tahlil qilsa, mavzu yuzasidan shunchalik ko'p m a’lumotga ega boiadi. 
Mavjud ilmiy manbalami sinchiklab o‘rganish orqali talaba mavzuning o ‘rganilgan 
va o ‘rganilmagan jihatlarini aniqlaydi, mavzu bo'yicha umumlashma xulosalar 
chiqaradi.
Darslik va o‘quv qoilanmalarídan so‘ng mavzuga oid 
qo'shimcha 
adabiyotlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Kurs ishini yozish jarayonida 
adabiyotlardan muhim nazariy qarashlami sitata qilib keltirish mumkin. Buning 
uchun sitatani ilmiy manbadan hech o'zgartirishsiz aynan ko'chirib yozish lozim. 
Ilmiy manbadan keltirilgan bunday sitatalar talabaning nazariy xulosasini asoslashga 
yordam beradi. Adabiyotlardan sitata sifatida olingan nazariy qarashlarga sahifa 
so'nggida yoki qavs ichida manbaning adabiyotlar ro'yxatidagi raqamini ko'rsatgan 
holda havola berish lozim bo'ladi. Havolada asar muallifi, nomi, nashriyoti, nashr yili 
va sahifasi aniq ko'rsatilishi zamr.
Talaba mavzuga oid asosiy ilmiy manbalami sinchiklab o'rgangach, kurs 
ishining xomaki rejasini tuzadi. Rejada ko'rsatilgan asosiy masalalar kurs ishining 
qanday bo'limlardan tarkib topishini belgilab beradi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin