O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Markaziy saylov komissiyasining Raisi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

15-modda. Markaziy saylov komissiyasining Raisi
Markaziy saylov komissiyasining Raisi:
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Markaziy saylov komissiyasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi, komissiya a’zolari
o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 16-moddasi 
birinchi qismi
.
Markaziy saylov komissiyasining majlislarida ishtirok etish uchun davlat organlarining, siyosiy
partiyalarning hamda boshqa jamoat birlashmalarining, tashkilotlarning vakillarini va mansabdor
shaxslarini taklif etadi;
davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda Markaziy
saylov komissiyasi nomidan ish yuritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
yakunlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga axborot beradi;
Markaziy saylov komissiyasining qarorlarini va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 16-moddasi 
beshinchi qismi
.
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat
budjetidan ajratilgan mablag‘larni taqsimlaydi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 99-moddasi 
birinchi

ikkinchi qismlari
.
tegishincha Qonunchilik palatasining va Senatning birinchi majlisini ochadi hamda
Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi saylanguniga qadar unda raislik qiladi.
Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘z vakolatlarini bajarishi imkoni bo‘lmaganda,
shuningdek Rais bo‘lmagan taqdirda, Raisning vazifalari Rais o‘rinbosarining yoki Markaziy saylov
komissiyasi qarori bilan komissiya a’zolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi 
o‘ninchi qismi
.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin