O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Markaziy saylov komissiyasining majlislari va qarorlari



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

16-modda. Markaziy saylov komissiyasining majlislari va qarorlari


Markaziy saylov komissiyasi ishining tashkiliy shakli uning majlislari bo‘lib, ular zaruratga
qarab o‘tkaziladi. Agar majlisda komissiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir
bo‘lsa, majlis vakolatli hisoblanadi.
Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ochiq ovoz berish orqali, komissiya a’zolari umumiy
sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘linib qolgan taqdirda, Markaziy saylov
komissiyasi Raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Markaziy saylov komissiyasining majlislarida bayonnoma yuritilib, u raislik qiluvchi va Markaziy
saylov komissiyasining kotibi tomonidan imzolanadi.
Markaziy saylov komissiyasining a’zolari alohida fikr bildirishga haqli bo‘lib, bu fikr yozma
shaklda bayonnomaga ilova qilinadi.
Markaziy saylov komissiyasi o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, qarorlar Markaziy
saylov komissiyasining Raisi tomonidan imzolanadi.
Markaziy saylov komissiyasining qarorlari qabul qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va
Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida o‘sha kunning o‘zida, shuningdek zarur bo‘lgan
hollarda, boshqa manbalarda e’lon qilinishi lozim.
Markaziy saylov komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari okrug va
uchastka saylov komissiyalari, davlat organlari, siyosiy partiyalar hamda boshqa jamoat
birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir.
17-modda. Markaziy saylov komissiyasining Kotibiyati
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini ta’minlash uchun uning Kotibiyati tuziladi.
Kotibiyat ishiga Markaziy saylov komissiyasining kotibi rahbarlik qiladi.
Kotibiyatning tuzilishi, shtatlari va uning ish tartibi Markaziy saylov komissiyasining Raisi
tomonidan tasdiqlanadi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin