O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Reglamenti



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Reglamenti
Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining tartibi Markaziy saylov komissiyasining majlisida
qabul qilinadigan Reglamentida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: 14-moddasining 
o‘ttiz to‘rtinchi xatboshi
.
19-modda. Viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarini tuzish
Mahalliy Kengashlarga saylovni tashkil etish va o‘tkazish uchun:
xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha viloyat saylov komissiyasi;
xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha tuman saylov komissiyasi;
xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha shahar saylov komissiyasi
tuziladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida
nazarda tutilgan hollar mustasno, tegishli mahalliy Kengashlar tomonidan saylovga kamida sakson
kun qolganda o‘n bir — yigirma bir nafar komissiya a’zosidan iborat tarkibda tuziladi hamda o‘z
vakolatlarini keyingi saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilinguniga qadar amalga oshiradi.
Yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov
o‘tkazish bo‘yicha viloyat saylov komissiyasi Senat tomonidan, xalq deputatlari tuman, shahar
Kengashi saylovini o‘tkazish bo‘yicha tuman, shahar saylov komissiyalari esa tegishli xalq
deputatlari viloyat Kengashi tomonidan saylovga kamida yigirma besh kun qolganda o‘n bir —
yigirma bir nafar komissiya a’zosidan iborat tarkibda tuziladi hamda o‘z vakolatlarini keyingi saylov
kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilinguniga qadar amalga oshiradi.
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalarining raislari ushbu komissiya a’zolari orasidan
saylov komissiyasi majlisida tegishli mahalliy Kengashning taqdimnomasiga binoan saylanadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda esa viloyat saylov komissiyasi raisi
Senat tomonidan tayinlanadi.


(19-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-
779-sonli 
Qonuniga 
asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Komissiya raisining o‘rinbosari va komissiya kotibi komissiya majlisida uning a’zolari orasidan
saylanadi. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari rasmiy veb-saytlarida va matbuot nashrlarida
o‘z tarkibi, manzili va komissiyaning telefon raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin