O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

20-modda. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi:
tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xil
tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi hamda saylovni tashkil etish va o‘tkazish masalalari yuzasidan
tushuntirishlar beradi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
tegishli mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini tuzadi, ularga nom
va tartib raqami beradi hamda ushbu okrug saylov komissiyasi joylashgan yer to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni e’lon qiladi;
(20-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi
O‘RQ-670-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-
son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 9-moddasi 
beshinchi — to‘qqizinchi qismlari
.
tegishli mahalliy Kengashga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalarini
shakllantiradi va komissiya tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 21-moddasi 
birinchi qismi
.
tegishli saylov komissiyalarining faoliyatini yo‘naltirib boradi, ularning tarkibiga o‘zgartishlar
kiritish tartibini belgilaydi, agar okrug va uchastka saylov komissiyalarining qarorlari ushbu
Kodeksga zid bo‘lsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki viloyat, tuman, shahar prokurorining
taqdimnomasiga binoan bekor qilishi mumkin;
deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 89-moddasi 
birinchi

ikkinchi qismlari
.
deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga oladi va ularga guvohnomalar beradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
40-moddasi
.
deputatlikka nomzodlar saylov kampaniyasida ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni
ta’minlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi 
sakkizinchi qismi
.
pul mablag‘larini tegishli saylov komissiyalari o‘rtasida taqsimlaydi, saylov komissiyalarining
binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnik
jihatdan ta’minlashga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;
tegishli mahalliy Kengash sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylovchilar ro‘yxatlarining,
saylov komissiyalari bayonnomalarining, o‘z muhrining, saylovga oid boshqa hujjatlarning
shakllarini tasdiqlaydi va tayyorlanishini ta’minlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 31-moddasi 
ikkinchi — beshinchi qismlari
.
siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillarining hamda korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar
yuzasidan axborotini eshitadi;
tegishli mahalliy Kengashga o‘tkazilgan saylov yakunlarini chiqaradi, saylangan deputatlarni
ro‘yxatga oladi, saylov yakunlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va saylangan deputatlarning ro‘yxatlarini
matbuotda e’lon qiladi (hammaga ma’lum qiladi);


 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
96-moddasi
.
deputatlarga tegishli mahalliy Kengash deputati guvohnomasini va ko‘krak nishonini beradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va
shahar kengashi deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi 
qarori
.
takroriy saylov o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni hal etadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 59-moddasi 
uchinchi — beshinchi qismlari
, 60-moddasi 
to‘rtinchi —
oltinchi qismlari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi
hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari
ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;
(20-modda birinchi qismining o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 31-
maydagi O‘RQ-691-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y.,
03/21/691/0508-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
101-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) 
Qonuni
.
ushbu Kodeks talablari buzilganligi to‘g‘risidagi materiallarni sudga yoki tegishli huquqni
muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;
saylovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivlarga va idoraviy arxivlarga
topshirilishini ta’minlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida
nizom”ning 
14-bobi
, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari
viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi
to‘g‘risida nizom”ning 
15-bobi
, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-
sentabrdagi 939-son qarori bilan tasdiqlangan “Saylov va referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni
o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risida
yo‘riqnoma
”.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasi
mazkur Kodeksning 
22

23

31

32

59

60
va 
95-moddalarida
nazarda tutilgan okrug saylov
komissiyasining vakolatlarini ham amalga oshiradi.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-
son)

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin