O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Okrug saylov komissiyalarini tuzish



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

21-modda. Okrug saylov komissiyalarini tuzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais
o‘rinbosari, kotibidan va komissiyaning sakkiz — o‘n sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat tarkibda
tuziladi.
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi Markaziy
saylov komissiyasi tomonidan, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov
o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi esa tegishli viloyat, Toshkent shahar saylov komissiyasi
tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibidan va
komissiyaning olti — sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi O‘RQ-691-sonli
Qonuniga 
asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)


 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi 
birinchi

sakkizinchi xatboshilari
, 20-moddasi 
birinchi
,
to‘rtinchi xatboshilari
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini
o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida
muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug
saylov komissiyalarining a’zolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tavsiyasiga
binoan tasdiqlanadi.
(21-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi
mustasno) Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari tuzilmaydi.
(21-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Okrug saylov komissiyasining a’zolari jamoatchilikning obro‘-e’tiborli vakillari orasidan
tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida
nizom”ning 
2-bobi
, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 932-son
qarori bilan tasdiqlangan “Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha
yo‘riqnoma
”.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin