O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Okrug saylov komissiyasining vakolatlari



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

22-modda. Okrug saylov komissiyasining vakolatlari
Okrug saylov komissiyasi:
tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
saylov uchastkalarini tuzadi, okrug bo‘yicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini
ko‘rsatgan holda ularning ro‘yxatini e’lon qiladi;
uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
saylov uchastkalarining joylashgan eri haqida saylovchilarni xabardor qiladi;
uchastka saylov komissiyalarini tuzadi va ularning tarkibi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
23-moddasi
.
nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etish uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
(22-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-
sonli 
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y.,
03/21/670/0089-son)
deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatga oladi va ularga tegishli
guvohnomalar beradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
4-moddasi
.
siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari
vakillarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish
hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotini eshitadi;
saylovchilar ro‘yxatlarining tuzilishini va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim
etilishini kuzatib boradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
27 — 29-moddalari
.


Oldingi
 tahrirga qarang.
saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlaydi va ularni tegishincha Markaziy saylov
komissiyasiga, viloyat, Toshkent shahar saylov komissiyasiga taqdim etadi;
(22-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
95

96-moddalari
.
takroriy ovoz berish va takroriy saylov, shuningdek bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar
saylovi o‘tkazilishini tashkil etadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
56

59

74

93-moddalari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi
hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari
ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.
(22-moddaning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi O‘RQ-691-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
101-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) 
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov
o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida nizom”ning 
4-bobi
.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin