O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

28-modda. Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati
Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati vakolatli davlat organlarining axborot bazalariga
muvofiq saylovchi fuqarolar, ularning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari haqidagi
axborotni o‘z ichiga olgan davlat axborot resursidir.
Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati vakolatli davlat organlari tomonidan taqdim
etiladigan axborot negizida shakllantiriladi va yangilab turiladi, saylov kampaniyasi davrida esa
tegishli uchastka saylov komissiyalari tomonidan aniqlashtiriladi.
1
1


Har bir uchastka saylov komissiyasi tuzilganidan keyin uch kun ichida Saylovchilarning
yagona elektron ro‘yxatida taqsimlangan mazkur uchastka saylovchilarining dastlabki ro‘yxatini
oladi.
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning dastlabki ro‘yxatini olganidan keyin uni mazkur
uchastka hududida yashovchi aholini uyma-uy aylanib chiqish yo‘li bilan aniqlashtirish choralarini
ko‘radi.
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxatini aniqlashtirish bo‘yicha ishda ishtirok etish
uchun jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin. Tumanlar va shaharlar hokimliklari
saylovchilarning ro‘yxatlarini aniqlashtirish ishlariga ko‘maklashadi.
Saylov komissiyalari aholini uyma-uy aylanib chiqish natijalari bo‘yicha saylovchining
Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidagi familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va
yashash joyi manziliga oid tuzatishlar qilib, saylovchilar ro‘yxatlariga o‘zgartishlar kiritishi mumkin.
Saylovchilarning ro‘yxati har bir saylov uchastkasi bo‘yicha uchastka saylov komissiyasi
tomonidan tuziladi hamda uning raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Saylov kuni saylov uchastkalarida Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidan olingan
saylovchilar ro‘yxatlaridan foydalaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
27-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-
avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va yuritish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-son 
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-oktabrdagi
“Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” PQ-3961-son 
Qarori
.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin