Qarang: mazkur Kodeksning
101-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri)
Qonuni
.
Uchastka saylov komissiyasining harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi
mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
27
,
102-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini
yuritish to‘g‘risidagi kodeksining
142-moddasi
.
5-bob. Saylov byulleteni
31-modda. Saylov byulletenining mazmuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir
saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi
birinchi
,
o‘n to‘qqizinchi xatboshilari
.
Mahalliy Kengashlar sayloviga doir saylov byulletenining
shakli va matni viloyat, tuman va
shahar saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 20-moddasi
birinchi
,
o‘ninchi xatboshilari
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Nomzodning
familiyasi, ismi, otasining ismi saylov byulleteniga uning tug‘ilgan yili va uni
nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.
(31-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi O‘RQ-691-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
Saylov byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi tushuntirish bo‘lishi kerak.
Saylov
byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan
tegishli okrug aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda nashr etiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Saylov byulletenlarini Brayl alifbosi asosida to‘ldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi mumkin.
(31-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
32-moddasi
, 52-moddasi
birinchi qismi
,
55
,
57-moddalari
, 58-moddasi
ikkinchi qismi
,
81
,
82
,
94 — 96-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil
23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov
komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida nizom”ning
7-bobi
.
Dostları ilə paylaş: