25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi
6-bob. Kuzatuvchilarning, siyosiy partiyalar vakolatli vakillarining, ommaviy axborot vositalari vakillarining huquq va majburiyatlari 33-modda. Siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar Siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, shuningdek boshqa
davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar o‘z faoliyatini tegishli komissiyalar tomonidan
berilgan mandatlar asosida amalga oshiradi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur moddaning uchinchi qismi , mazkur Kodeksning 14-moddasi birinchi , o‘n birinchi , o‘n uchinchi xatboshilari , 34-moddasi ikkinchi qismi . Oldingi tahrirga qarang. Manfaatdor tashkilotlar o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida saylov komissiyalariga saylovdan kamida
o‘n kun oldin ariza bilan ma’lum qiladi.
(33-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son) Manfaatdor tashkilotdan ariza olinganidan keyin besh kun ichida saylov komissiyasi
kuzatuvchi uchun mandat beradi. Boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarga
mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.
Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo‘lish;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 8-moddasi to‘rtinchi , beshinchi qismlari , 16-moddasi birinchi qismi , 26- moddasi birinchi qismi , 58-moddasi to‘rtinchi , beshinchi qismlari . nomzodlar ko‘rsatishga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda, nomzodlarning saylovchilar bilan
uchrashuvlarida ishtirok etish;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 64-moddasi ikkinchi qismi , 70-moddasi ikkinchi qismi , 79 , 80 , 91- moddalari . saylov uchastkasida hozir bo‘lish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish
kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini va saylov qutilarining muhrlanishini, fuqarolarning
ro‘yxatga olinishini, saylov byulletenlarining ularga berilishini kuzatish;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi yettinchi qismi , 54-moddasi ikkinchi qismi , 56-moddasi ikkinchi qismi , 58-moddasi birinchi , beshinchi qismlari . ovozlar sanab chiqilayotganda va saylov komissiyasining bayonnomasi tuzilayotganda hozir
bo‘lish;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 58-moddasi birinchi , beshinchi qismlari , 82 , 94-moddalari . saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan
ko‘chirma nusxalarini so‘rash va olish;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 58-moddasi beshinchi qismi . agar tegishli saylov uchastkasida ushbu Kodeksning talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb
hisoblash uchun asoslar bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida tegishli saylov komissiyasiga ma’lum qilish.
Kuzatuvchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
saylovchi saylov byulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasida
yoki xonasida bo‘lish;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 55-moddasi birinchi qismi . fuqarolarga ta’sir o‘tkazish, biron-bir tashviqot materialini yoki adabiyotini tarqatish;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 7-moddasi ikkinchi qismi . saylovchilardan ular qanday ovoz berganligini surishtirish yoki saylovchilarga saylov
byulleteniga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 7-moddasi . saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashga, ularni ochishga,
ovozlarni sanab chiqishga aralashish.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi uchinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 951-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar to‘g‘risida nizom ”. Oldingi tahrirga qarang. Kuzatuvchilar harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida
tuzilgan saylov uchastkalariga borishi haqida kamida uch kun oldin uchastka saylov komissiyasini
xabardor qilishi kerak.
(33-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)